3.7. Texnikaning miqdoriy tavsifi
Har qanday harakatni bajarish texnikasi fazoviy, vaqt va
fazoviy-vaqt tafsifi bilan farq qiladi. Fazoviy tavsif quyidagilarni
aniqlashga imkon beradi:
– Gavdaning boshlang‘ich holati, undan harakat boshlanadi.
– Oxirgi hamda unda harakat tugallanadi.
– Boshlang‘ich va oxirgi holat o‘rtasida oraliq holat.
Tana holatini tasavvur qilinadigan chiziqning o‘zaro
joylashishi makonda yelka va son-boldir suyagini hamda
gorizontni bog‘lovchi bo‘yicha aniqlanadi. U vertikal (osilish,
tayanish va boshqalar), gorizontal (gorizontal muvozanat,
osilish, va boshqalar), nishabli (yotib tayanish va boshqa)
bo‘lishi mumkin.
Harakatlar davom etishi bo‘yicha ularning tezlik darajasi va
ritmi aniqlanadi.
O‘qituvchining harakatlarning makon-zamon tavsifini
bilishi makon tavsifining optimal nisbatini aniqlashga (masalan,
yugurish vaqtida qadamlar kengligini), harakatlarning vaqt
tavsiflarini bilishi (masalan, yugurish sur’atini harakat
reaksiyasini takomillashtirish bilan) unga katta bo‘lmagan
tezlikka erishishga imkon beradi. Muayyan ovozning
balandligiga muayyan ta’sirni ishlab chiqish mumkin. Masalan,
yuguruvchining jadallashishi va tezligini boshqarish.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |