Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


 Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

3.9. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari

Inson  atrof-muhit  bilan  munosabatda  bo‘ladi,  unga  ta’sir 

ko‘rsatadi va unga moslashadi. Ana shu muhitda organizmning 

mushtarakligi  namoyon  bo‘ladi.  Muntazam  ravishda 

quyosh nuri o‘zgaruvchanligi, suv va havoning harorati

yog‘ingarchilik, havo ionizatsiyasi va harakati, atmosfera 

bosimi  organizmning  fiziologik  va  ruhiy  reaksiyalarga 

nisbatan  muhim  bioximik  o‘zgarishlarni  keltirib  chiqaradi: 

jismoniy  mashqlar  samaradorligiga  va  insonning  mehnatga 



21

layoqatliligini, salomatligining va ish qobiliyatining oshishiga 

olib keladi. Bularning hammasi jismoniy mashqlar texnikasi va 

taktikasiga ta’sir qiladi va jarohatlanish xavfsizligini oshiradi. 

Binobarin, o‘quvchiga ular jismoniy mashqlar bajarayotgan 

vaqtda  tashqi omillar ta’sir qilishini maxsus uyushtirishni 

hisobga olish zarur.

Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashturuvchi 

kuchidan foydalanish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

1.  Tabiatning  sog‘lomlashtiruvchi  kuchi  bir-biridan 

ajralmaydigan  omil  sifatida  jismoniy  mashqlar  bajarish 

muhitini hisobga olish vaqtida qulay sharoitlar yaratadi. Ular 

inson organizmiga harakatlar bilan samarali ta’sir o‘tkazishini 

kuchaytiradi va to‘ldiradi.

2. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchi, chiniqish va 

sog‘lomlashtirish  vositasining  nisbatan  mustaqilligi  sifatida 

quyosh,  havo,  suv  vannasidan  foydalaniladi.  Bu  muolaja 

optimal  ta’sir  o‘tkazish  vaqtida  mehnat  va  o‘quv  faoliyati 

tarkibiga  kiritiladi.  Qayta  tiklash  samarasini  oshiradi  va  faol 

dam olish shakli bo‘ladi.

Tabiatning  sog‘lomlashtiruvchi  kuchidan  foydalanishning 

asosiy talablaridan biri ularni jismoniy mashqlar bilan muntazam 

ravishda kompleks qo‘llashdan iboratdir.

Oqilona  me’yorni  aniqlash  vaqtida  o‘quvchilarning 

xususiyatlarini va pedagogik vazifalar xarakterini hisobga olish 

lozim. Bu birinchidan jismoniy tarbiya jarayonida egallangan 

chiniqish samarasini mehnat va o‘quv faoliyatiga o‘tkazishni 

amalga  oshirish;  ikkinchidan,  ko‘proq  yuqori  yuklamalarni 

qo‘llash uchun imkoniyat yaratadi, binobarin, ish qobiliyatini 

oshiradi;  uchinchidan,  ortiqcha  yuklama  ta’siriga,  titrash 

va  tebranishga  organizmning  qarshiligini  ko‘taradi  va  h.k.; 

to‘rtinchidan, iroda sifatini yuqori darajaga ko‘taradi.




22


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling