Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


IV BOB. USLUBIY TAMOYILLAR VA ULARNI


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

IV BOB. USLUBIY TAMOYILLAR VA ULARNI 

JISMONIY TARBIYA JARAYONIGA KIRITISH 

YO‘LLARI

4.1. Onglilik va faollik tamoyili

Jismoniy tarbiya jarayoni – bu ikki tomonlama jarayondir, 

unda  bir  tomondan,  o‘rgatishga  intiluvchi  o‘qituvchi,  boshqa 

tomondan o‘rganish xohishini namoyon qilishi kerak bo‘lgan 

o‘quvchi ishtirok etadi. Tajriba ko‘rsatadiki, agar o‘quvchilar 

o‘z yoshlariga qo‘yilgan vazifaning mohiyati va uni yechishdan 

manfaatdorligini tushunsa, u holda bu o‘rgatishning borishini 

jadallashtiradi.  Bu  qonuniyat  onglilik  va  faollik  tamoyili 

asosida yotadi.

Uslubiy  adabiyotlarda  onglilik  va  faollik  tamoyillari 

mustaqil  tamoyil  sifatida  ajratilishini  uchratish  mumkin. 

Amaliyotda  anglashilgan  va  faollik  jarayonlari  shunchalik 

bir-birini  taqozo  qiladiki,  ularni  bir-biridan  ajratish  mumkin 

emas.  Chunki  anglash  shaxsning  faol  ishtirokisiz  bo‘lmaydi. 

To‘g‘ri,  birinchi  paytlarda  faollikni,  talabchanlikni  baholash, 

maqtash  bilan  rag‘batlantirish  mumkin,  u  ongga  asoslanadi. 

Faollashtirish  deyilganda  sifatlarni  tarbiyalash  va  vazifalarni 

o‘rgatishga erishishga yo‘naltirilgan, shug‘ullanuvchilarning 

jismoniy  kuchi  va  irodasi  axloqiy,  intellektual  sifatlarini 

tarbiyalashda  o‘quvchini  safarbar  qilish  tushuniladi.  Ammo 

mavjud  qonuniyat  hali  o‘quvchilarni  ongli  va  faol  qilmaydi, 

bunda o‘qituvchining xizmatidan foydalaniladi. Jismoniy mashq 

mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarni faollashtirishning aniq 

yo‘llarini qarab chiqamiz.




24


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling