Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
V BOB. TA’LIMNING USLUBLARI
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
V BOB. TA’LIMNING USLUBLARI
5.1. Tushuncha va atamalar Jismoniy tarbiyada o‘qituvchidan o‘qitishning predmeti sifatida harakatlantiruvchi harakat va maxsus mashg‘ulot o‘qitishning muayyan uslublarini, o‘quvchilardan esa ta’limning usullarini egallash talab qilinadi. O‘quvchilarni bilmaslikdan bilishlikka, xabarsizlikdan xabardorlikka qanday yetaklab borish - o‘qituvchi konstruktiv faoliyatining sterjenli vazifalaridan biridir. Uslubiy usul – bu ta’limning aniq vazifalari bilan muvofiqlikda uslubning o‘rgatilishi vazifasini amalga oshirish usulidir. Binobarin, har bir uslubning ichida uning xilma xil uslubiy usullari foydalaniladi. Usul aniq sharoitlarda o‘ziga muvofiq uslubni qo‘llashga imkon beradi. Aynan shuning uchun ta’limning har qanday bosqichida va har qanday kontingentdagi odamlar bilan ishlash, xilma-xil didaktik vazifalarni yechish vaqtida u yoki bu uslubdan foydalaniladi. Ayni vaqtda har qaysi usulbiy usul faqat ayrim hollarda foydalaniladi. Demak, juda kam hollarda qo‘llaniladi. Shu bilan birga uslubiy usullar zaxirasi qancha boy bo‘lsa, uslubning qo‘llanish diapozoni shunchalik keng bo‘ladi. Uslubiy usullar shunchalik ko‘pki, ularni biror-bir hisobga kiritib bo‘lmaydi, ulardan ba’zilari yo‘q bo‘lsa, boshqalari ko‘rinishini o‘zgartiradi, o‘qituvchining ijodi bilan yangilari yaratiladi. O‘qitish darajasidagi farq, aynan uslubiy usullarning har xil hajmi bilan tushuntiriladi. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama: o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi. Shuning uchun o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan ta’lim uslubi ham binobarin, uning uslubiy 32 usuli ham bu nafaqat informativ bajaruvchi va boshqaruvchilik vazifasi (o‘qituvchi tushuntiradi, ko‘rsatadi, buyruq beradi va h.k.) (o‘quvchi tinglaydi, eshitadi, mashqni bajaradi) o‘qituvchining yetakchi roli va boshqarib borishi o‘quvchilar bilan har doim o‘zaro bog‘liq. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling