29
O‘zlashtirishga tegishli bo‘lgan materialni tizimlashtirishda
qator talablarga rioya qilish zarur. O‘quv dasturi materialida
jismoniy mashqlarning har bir turi mavjud turkumlarga
binoan va bo‘limlar bo‘yicha bayon qilingan. Masalan, yengil
atletikada yugurish, sakrash va uloqtirish mashqi alohida sanab
chiqilgan. Shuning uchun har bir sinf uchun barcha material
rejalashtirish vaqtida bir tizimga noma’lumga, oddiydan,
murakkabga, yengildan qiyinga keltirilishi kerak. Boshqacha
so‘z bilan aytganda, bu tizimda o‘quv materialining har bir
qismi alohida bosqichni ifodalaydi va keyingi bosqich uchun
asos bo‘lib hisoblanadi. Ammo bu faqat ishning yarmi xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: