Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

4.4. Ko‘rgazmalilik tamoyili

Ta’lim  o‘rganilayotgan  mashqlar  to‘g‘risida  muayyan 

tasavvur hosil qilish bilan boshlanadi. Shu bilan birga tasavvur 

hosil  qilishi  uning  ko‘rish,  eshitish,  taktik  va  mushak,  idrok 

etishiga asoslanishi kerak. Ko‘rgazmalilik nafaqat ko‘rish 

vositasi bilan, balki boshqa analizatorlarni safarbar qilish yo‘li 

bilan  ham  amalga  oshiriladi.  Ishlar  amaliyotida  bevosita  va 

bilvosita ko‘rgazmali ko‘rsatish farqlanadi.



4.5. Bevosita ko‘rgazmalilik

Bevosita ko‘rgazmalilik o‘rganilayotgan mashqni obrazli 

tasvirlash, tayyorlangan va tayyorlanmagan o‘quvchilarga 

o‘qituvchi mashqini ko‘rsatish vositasi bilan amalga oshiriladi.

O‘qituvchi mashqni ko‘rsatishdan tez-tez foydalanadi, shu 

sababli unga xususiy yordamchi talab qilinadi. Unga quyidagi 

talablarni qo‘yadi:

1. Hamma mashqni yoki uning bir qismini ko‘rsatishi, har 

qanday  paytda  ko‘rsatish  aniq  namuna  bo‘lib  xizmat  qilishi 

kerak. O‘quvchi uni qayta tiklashi lozim. Bu yerda bajarishning 

haddan tashqari yaxshi varianti to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, har 

qanday usul bilan balandlikka sakrashda balandlikning ushbu 

toifasini o‘quvchilar uchun sinovga ko‘rsatish tavsiya qilinadi.

2.  Imitatsiyali  ko‘rsatishdan  keng  foydalanish  kerak.  Bu 

murakkab  mashqlarni  yaxshi  idrok  etishga  ko‘maklashadi. 

Taqlid qilishni har xil usullar bilan amalga oshirish mumkin.




27

3. Har bir ko‘rsatish vaqtida mashqning muayyan qismiga 

o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish zarur.

4.  Mashqlarni  ko‘rsatish,  idrok  qilish  qobiliyatini 

faollashtirish, savollar bilan kuzatish, sharxlash kerak. Bu 

talab o‘rganilanayotgan mashqlarni ko‘rsatishga tegishli. 

Bu  yerda  o‘qituvchi  ko‘rsatishni  sharxlash  imkoniyatiga 

ega.  Bu  shubhasiz,  katta  foyda  keltiradi.  Bunday  hollarda 

o‘quvchilar  mashqni  bajarish  uchun  kuzatish  to‘g‘risida 

ogohlantirilmaydilar.  Chunki  ogohlantirish  voqyealarning 

sog‘lomlashtiruvchi ta’sirini o‘zgartirishi mumkin.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling