3.10. Gigiyenik omillar
Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirishga
yo‘naltirilgan tamoyilini hayotga singdirish jismoniy
mashg‘ulot inson hayot faoliyatining organik qismi bo‘lib qolgan
taqdirdagina mumkin bo‘ladi. Boshqa tomondan, jismoniy
mashqlar samaradorligi faqat zaruriy gigiyenik mezonlarga
rioya qilingan taqdirdagina eng yuqori bo‘ladi. O‘ziga xos
vositalar sifatida Gigiyenik omillar jismoniy tarbiyaning
to‘laqonli vazifalarini yechish uchun katta ahamiyatga ega.
Pedagogik jarayon qanchalik yaxshi tashkillashtirilgan
bo‘lmasin, mashg‘ulotlar antisanitariya sharoitlarida o‘tkazilsa,
uyqu va ovqatlanish tartibi buzilsa, umid qilingan samarani
bermaydi. Mana shuning uchun ham jismoniy tarbiyaning
maktab dasturida o‘quvchilar uchun gigiyenik bilimlar hajmini
aniqlovchi nazariy material berilgan.
Gigiyenik omillar shartli tarzda ikki guruhga bo‘lingan:
1. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining
to‘laqonliligi uchun shart-sharoit ta’minlovchi vositalar:
mehnatning shaxsiy va ijtimoiy gigiyenasi me’yori, o‘qish,
turmush, dam olish, ovqatlanish vositalari.
2. Jismoniy tarbiya jarayoniga bevosita kiritiladigan
vositalar: gigiyenik me’yorlar bilan muvofiqlikda dam olish
va yuklamalarning optimal tartibi, tashqi sharoitlar yaratish
(havoning tozaligi, yetarlicha yorug‘lik darajasi va boshqalar).
O‘z - o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Jismoniy tarbiya vositalariga nimalar kiradi?
2. Jismoniy mashqlar texnikasi, deganda nimani
tushunasiz?
23
Do'stlaringiz bilan baham: |