Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Uslublarning xususiyatlari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
7.3. Uslublarning xususiyatlari
Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda mashq usulini jalb qilishning ba’zi bir xususiyatlari: – o‘rgatish vaqtida afzal ko‘rishni amaliy mashqqa berish kerak, uni unsurlarga bo‘lib yuborish bajarishga qiziqishni pasaytiradi; – ayni bir xil mashqni ko‘p marta takrorlash bolalarni charchatadi, ammo busiz harakat ko‘nikmasini shakllantirib bo‘lmaydi. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarni muvafaqqiyatli o‘rgatish uchun mashqni o‘zgartirish, bajarilish sharoitini yaxshilash, dastlabki holatini, harakatning yo‘nalishini va hokazolarni o‘zgartirish zarur; – metodik usul sifatida bevosita yordam (yoki o‘tkazish) dan foydalanish kerak. Bu usul 6 yoshdagi bolalarni o‘rgatish uchun zarur;
49 – mashg‘ulotlarda uzoq davom etgan tanaffuslar ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, yangi mashqni ketma-ket 3-4 darslarda o‘rganish kerak, so‘ngra esa ayrim unsurlarini aniqlash bilan keyingi mashg‘ulotlarda vaqti-vaqti bilan takrorlash; – boshlang‘ich ta’lim maktab o‘quvchilarini o‘rgatish vaqtida ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash uslublaridan foydalanish xususiyatlari; – ko‘rsatishni nafaqat pedagogning o‘zi bajarishi, balki ta’limning borishida namoyish qiluvchi sifatida mashqni yaxshi bajargan bolani tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu boshqa bolalarni mashqning yengilligiga ishontiradi, ularning faoliyatini faollashtiradi, harakatni uzlashtirish jarayonini jadallashtiradi; – tabiiy ko‘rsatishdan tashqari ko‘rgazmali qurollardan ham foydalanilsa bo‘ladi. Bunda bolalar bajara oladigan mashqlar yoki maketlar, diafilmlar va boshqalar, buyoqli rangli tasvirlangan bo‘lishi kerak. Ko‘rgazmali qurolning aniqligi, barchaga jozibadorligi bilan mashqning tuzilish asosini, uning asosiy unsurlarini ajratib ta’kidlash kerak; – kattaroq ko‘rgazmalikka ko‘maklashuvchi metodik usul – predmetli mo‘ljallardan foydalanish. Bolalar bilan ishlash vaqtida quyidagi predmetlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir: bayroqchalar, rangli fishkalar, tayoqchalar, chambaraklar, osib qo‘yilgan koptokchalar, xalqalar, shuningdek, polga, devorga, asfaltga, yulakchalarda bo‘yoq yoki bo‘r bilan yozilgan ko‘rsatkichlar. Masalan, tog‘li joylarda chang‘ida yurishni o‘rgatish vaqtida an’anaviy bayroqlar o‘rnida g‘aroyib jonivorcha ko‘rinishida belgisi qo‘llaniladi. Jismoniy tarbiya amaliyotida qattiq gapirish nutqi bilan mashqning bajarilishini birga olib borish usulidan muvafaqkiyatli foydalaniladi. Ayniqsa, u guruhli mashg‘ulotlarda tez-tez foydalaniladi. 50 – Faoliyatni baholash – muhim metodik usuldir. U bolalar faolligiga ko‘maklashadi. Bolalar mashqlarni bajarayotib dadil bo‘lishi kerak, bunda urinishi va muvaffaqiyati baholangan bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash jarayonida chaqqonlikni rivojlantirish uchun foydalaniladigan metodik usullar qatoriga quyidagilarni tavsiya etish mumkin. A) mashqlar bajarilishi vaqtida noan’anaviy boshlang‘ich va oxirgi holatlarni qo‘llash; b) mashqlarni «oynali» tarzda bajarish; v) muvozanat mashqlarini bajarish. Boshlang‘ich ta’lim
yoshidagi o‘quvchilarda egiluvchanlikni tarbiyalash odatdagidek, baquvvat muskullar yo‘qligi, to‘qimalar muloyimligining yuqori darajasi va boshqa omillar munosabati bilan qiyinchilik tug‘dirmaydi. Madomiki, chidamlilikni tarbiyalash charchash fonida mashqlarni bajarish bilan bog‘liq ekan, u holda ular yangi materialni o‘rgangandan keyin darsning oxirida yoki tezlik va chaqqonlik mashqlarini bajargandan keyin shug‘ullanishlari kerak. Chidamlilikni tarbiyalash maqsadida mashqni ko‘p marta va bir xil tarzda takrorlash kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini qiziqtirmaydi, bunda shug‘ullanishga ehtiyojni rag‘batlantiruvchi usullar qo‘llash zarur, buning uchun o‘yin va musobaqa uslublarini qo‘llash o‘rinlidir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling