VIII BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA
JISMONIY TARBIYA
8.1. Maktab o‘quv rejasi bo‘yicha jismoniy tarbiyaning
umumiy kursi
Jismoniy tarbiyaning uslubi va metodik tamoyillari, tarbiya
va ta’limning vositasi mashg‘ulotlar borishida mashqlarni
amalga oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi. Bizning
maktablarimiz uchun mashg‘ulotlarning katta xilma-xil
shakllari xarakterlidir.
Shu bilan birga uslubiy manbalar qatorida faqat jismoniy
mashg‘ulotlarning davom etish vaqtini ko‘paytirish zaruriyatidan
kelib chiqqan holda o‘quvchilar ehtiyojlari qondiriladi.
Maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining amaliyoti va
nazariyasida uning barcha shakllarini ikki guruhga bo‘lish qabul
qilingan. Birinchisi – barcha darslarda amalga oshiriladigan,
asosan, o‘quv-ilmiylik jarayonini ifodalasa, boshqasi –
darslardan tashqarida majmuali tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishdir.
O‘z navbatida darslar va darsdan tashqari shakllar bilan
shug‘ullanuvchilar kontengentining mashg‘ulotlar o‘tkazish
joyi va vaqtiga bog‘liq holda mazmunan va boshqa omillarga
ko‘ra ko‘proq kichik guruhlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |