maqsadining aniq ifodalanganligi.
55
2.O‘qituvchining o‘quvchilarni tarbiyalash va fanni
o‘qitishga qaratilgan yetakchi roli.
3.Yuklama me’yori va o‘quvchilar faoliyatining qattiq
tartibga tushirilganligi.
4. Shug‘ullanuvchilar tarkibining doimiyligi va ularning
yoshi bir xilligi.
Shuning uchun zamonaviy dars bilimlarini egallashi bo‘yicha
majmuali rejalashtirish, maktab o‘quvchilarining qobiliyatlari,
emotsiyalari, erkinligi va intellektuallari rejalanishi, ularni
sog‘lomlashtirish, shaxsning g‘oyaviy-axloqiy sifatlarini
amaliy tarbiyalashni uddalay bilish xarakterlidir.
1.Vazifa o‘quvchilarning individual ruhiy va jismoniy
rivojlanishining belgilari asosida differensiyalashtirilgan va
aniqlangan bo‘lishi kerak.
2.Darslar tizimini tuzayotib, har bir darsni oldingi va
kelajakdagisi bilan mustahkam bog‘langanligini e’tiborga olish
kerak. Yangi materialni o‘rganayotib, maktab o‘quvchilari
ilgari o‘rganilgan mashqni mustahkamlashi va takrorlashlari
zarur. Bunday tizim tor o‘quv vazifalarini izchil yechilishini
ta’minlaydi.
3 Zamonaviy dars o‘quvchilar mustaqil o‘quv faoliyatining
yaxshi uyushtirilganligi bilan farq qiladi. O‘qituvchi ularni o‘quv
ishlari mahorati va uddalay bilishlarini, o‘z-o‘zini nazorat qilish
va mustaqil o‘rganish usullari bilan muntazam qurollantirishi,
shu bilan jismoniy mashqlarni muntazam ravishda tarbiyalab,
harakat madaniyatining shakllanishiga erishadi.
Qayd etilgan talab, jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy
usullaridan kelib chiqadi va barcha sinflarda darslar o‘tkazish
paytida majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: