Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

Darsning tuzilishi. O‘qituvchi dars mazmunining barcha 

elementlarini  darsni  o‘tkazish  jarayonida  loyihalashtirgan 

bo‘lishi kerak.

Ish qobiliyatining bir nechta zonasi mavjud: ish qobiliyati 

zonasi,  start  oldi  holati  zonasi,  ishga  kirishish  ish  zonasi, 



57

nisbatan barqarorlashish zonasi va vaqtincha ish qobiliyatini 

yo‘qotish zonasi.

O‘quv-tarbiya  jarayonining  mantig‘i  kuyidagilarni  talab 

qiladi:

1.  Bilish  faoliyatiga  shug‘ullanuvchilarning  izchil 

qo‘shilishi.

2. Jismoniy ish qobiliyatining zaruriy darajasiga asta-sekin 

erishish.

3. Ushbu mashg‘ulotga mo‘ljallangan ta’lim, 

sog‘lomlashtirish va tarbiyalash vazifalapini muntazam 

ravishda yechish.

4.O‘quvchilarning  kelgusi  faoliyatiga  muvaffaqiyatli 

ko‘maklashuvchi organizmning ishdan keyingi holatini yaxshi 

ta’minlash.

Dars  qismlarga  bo‘linganidan  keyin,  dars  tuzilishining 

umumiy  vazifalarini  eng  yaxshi  tarzda  yechishga  imkon 

beruvchi jismoniy mashqlarni (ularning ketma-ketligi ham) 

tanlash  mashqlar  ketma-ketligini  aniqlashning  zaruryatidan 

kelib chiqadigan ma’lum hodislar bilan bog‘liq.

Darsning  tuzilishini  hal  qiluvchi  uchinchi  bosqichi, 

darsni  o‘tkazish  jarayonida  foydalaniladigan  uslublar  har  bir 

mashqqa qo‘llanishi har qanday pedagogik vazifani yechishda 

shug‘ullanuvchilar  va  pedagogning  izchil  harakatlari  o‘zaro 

aloqadorligini aniqlashdan iboratdir.

Shunday qilib, har bir dars ma’nodor, uslubiy va tashkiliy 

elementlar  birligini  ifodalaydi.  Bu  birlikning  buzilishi,  qayd 

qilib o‘tilgan elementlardan har birining muhimligini e’tiborga 

olmaslik yoki tushunmaslik dars samaradorligining pasayishiga 

olib  keladi,  mo‘ljallangan  vazifalarni  yechish  imkoniyatiga 

shubha tug‘diradi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling