Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Uslublarning xususiyatlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

7.5. Uslublarning xususiyatlari

O‘smirlar  jismoniy  tarbiyasida  qo‘llaniladigan  ogzaki  va 

ko‘rgazmali uslublarni, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida 

ishlatiladigan uslublar bilan taqqoslash kelajakda o‘z rivojini 

topadi.

Bolalar qancha katta bo‘lsa (qarab chiqilayotgan o‘rtacha 

maktab  yoshi  chegarasida),  texnikani  ko‘prok  mufassal 

o‘zlashtirishga imkon beradi va ta’lim jarayonini jadallashtiradi.

Harakatni mukammallashtirish maqsadida va o‘zgaruvchan 

vaziyatda ularni qo‘llashni o‘rganish uchun o‘yin uslubi keng 

qo‘llaniladi.

O‘smirlar  uchun  musobaqaga  intilish  xarakterlidir.  Shu 

bilan birga, ular ko‘pincha, o‘zining imkoniyatini ortiqcha 

baholashga moyildir. Ta’lim jarayonida bu intilish o‘rganilgan 

texnikaning bajarilishi musobaqaga yo‘naltirilgan bo‘lishi va 

albatta, natijani aniqlashi mumkin.




52

5-9-sinflardagi  darslarda  tezlik  o‘quv  materialini 

egallashning borishida ham, qo‘shimcha mashqlar yo‘li bilan 

ham rivojlanadi. Dastur materialini taqsimlash vaqtida birinchi 

chorak  uchun  odatdagidek,  yengil  atletika  va  sport  o‘yinlari 

bo‘limiga  ajratiladi.  Bu  yerda  o‘rganilanadigan  materialning 

o‘zi tezlikni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ikkinchi  chorakda  kurashning  unsurlari  va  gimnastika 

bo‘limidagi 

materiallar 

o‘rganiladiki, 

ular 


tezlik 

imkoniyatlarining  o‘sishiga  teskari  ko‘maklashadi.  Bu  yerda 

tezkorlik  kuch  xarakterining  sakrab  o‘tish  turidagi  mashqlar 

seriyasi, estafetalar, arg‘amchi bilan mashqlar va milliy 

o‘yinlarni darsga kiritish maqsadga muvofiqdir.

Maktab 


o‘quvchilarida 

tezkorlik 

qobiliyatini 

rivojlantirishning katta zaxirasi jismoniy mashq va o‘yinlar 

mustaqil mashg‘ulotlar xizmat qilishi mumkin. O‘yinlar 

zaxirasining ko‘payishi ularning uyushtirish unsurlarini 

o‘rgatish –jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ishidir.

O‘smirlar kuchining rivojlanishi uchun maksimal takrorlash 

mashqini  6-8  marta  tavsiya  qilish  mumkin.  Kuch  mashqini 

egiluvchanlik mashqi bilan navbatma-navbat almashtirib turish 

maqsadga muvofiqdir.

Egiluvchanlikni tarbiyalash yangilikning unsurlari 

mavjud  bo‘lishining  majburiy  shartidir.  Yangi  harakatlar 

o‘zlashtiriladigan bo‘lsa, ular uzluksiz bo‘lishi kerak. Bu esa 

o‘rgatish  qobiliyatning  yuqori  darajada  ta’minlanganligini 

bildiradi. Chaqqonlik rivojlantirishning muqarrar shartidir.

Umumiy  chidamlilikni  oshirish  maqsadida  mashqning 

o‘zgaruvchan va bir xil tekisligi uslublaridan foydalanish kerak.

Yuqori  sinflardagi  yigit  va  qizlarda  jismoniy  sifatlarni 

tarbiyalash  vazifasi  ularning  rivojlanishidagi  biologik 

qonuniyatlar  munosabatidan  farq  qiladi.  Ilgari  ta’kidlab 

o‘tilganidek, qizlarda chidamlilik va kuchning ijobiy o‘sishi 14 




53

yoshda to‘xtaydi, ayni vaqtda yigitlarda bu sifatlar bir necha 

yillar davomida rivojlanadi. 

Bo‘g‘imlarda harakatchanlik qizlarda yigitlarnikidan ko‘ra 

yuqori.  Bundan  tashqari  yigitlar  katta  kuchga  ega  bo‘lgan 

mashqlardan  ko‘p  foydalansa,  egiluvchanlikka  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatishi mumkin.

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

1. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi 

to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

2. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi 

haqida gapirib bering.

3.  Maktab  yoshidagi  bolalar  bilan  jismoniy  tarbiyaning 

qanday shakllari o‘tkaziladi?




54


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling