8.5. Darslarni kuzatish
Darsni kuzatish uchun «o‘rtacha» o‘quvchi olinadi.
Qo‘ng‘iroq jaranglashi bilan sekundomer ishlatiladi va darsning
oxirigacha to‘xtatilmaydi. Kuzatuvchi ishtirok etuvchilarning
barcha harakatlarini maxsus tayyorlangan bayonnomaga
muntazam yozib boradi, har bir asosiy mashqlardan keyin
u o‘quvchining yurak tomir urishi o‘zgarishining natijasini
bayonnomada qayd etib boradi.
Dars boshlanishidan 5 daqiqa oldin o‘quvchining puls –
yurak-tomir urishi aniqlanadi va me’yor deb hisoblanadi. Dars
tugaganidan keyin oxirgi yurak-tomir urishi o‘lchanadi.
Bayonnomani olib boruvchi dastlab sekundomerning
ko‘rsatmasini yozadi, so‘ngra grafikka muvofiq navbatdagi
harakatni qayd qilib boradi.
Har bir harakatga sarflangan vaqt sekundomerning
navbatdagi ko‘rsatkichi keyingi grafada ro‘yxatga olingan
avvalgi ko‘rsatkichdan chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Bayonnomada shug‘ullanuvchilarning barcha harakatlari
qayd qilinadi, o‘qituvchi faoliyatining samaradorligi bilan
bog‘liqlikda maqsadga muvofiq va maqsadsiz bo‘lishi mumkin.
Masalan, uzunlikka sakrashlar boshlanishidan oldin sakrash
joyida tayyorgarlik o‘tkazilganligi bayonnomada qayd etilgan.
Dam olishda, ishda barcha maqsadga nomuvofiq sarflangan
vaqt mashq belgisi bilan grafada harakatlantirshning borishi
bo‘yicha yoziladi. Darsning vaqti tugaganidan so‘ng barcha
zaxiralar vertikal bo‘yicha jamlanadi va darsning zichligini
aniqlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |