Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Maktab darslarining xilma-xilligi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

8.6. Maktab darslarining xilma-xilligi

Jismoniy  tarbiya  darsi  ko‘pgina  tavsiflarga  ega.  Ulardan 

har  biri  ularning  klassifikatsiyasi  asosiga  qo‘yilgan  bo‘lishi 

mumkin.  Biz  maktab  darslarining  xilma-xilligini  qarab 

chiqamiz. Ular ish amaliyotida tez-tez uchrab turadi.



61

Darslar  mazmunining  harakatlari  bo‘yicha  tasnifi. 

Barcha  darslar  ularning  mazmunidan  kelib  chiqib  ikki  katta 

guruhga ajratilgan bo‘lishi mumkin: sport turlari bo‘yicha 

majmuali darslar.

Sport turlari bo‘yicha darslarning asosiy qismi mazmuniga 

dastur  bo‘limidan  bittasi  (yengil  atletika,  gimnastika  va 

boshqalar) kiritiladi.

Bunday  darslar  asosan  yuqori  sinflarda  o‘tkaziladi.  Ular 

o‘tkazilish uslubi bo‘yicha muvofiq sport turlari mashg‘ulotlari 

uslubiga yaqin keladi. Kichik va yuqori sinflarda sport turlari 

bo‘yicha darslar faqat suzish tayyorgarligi buyicha o‘tkaziladi. 

Bu darslar ularni o‘tkazish sharoitlarida boshqa bo‘limlardan 

material ko‘rishga imkon bermaydi.

Majmuali  darslarda  bitta  darsda  dasturning  har  xil 

bo‘limlarida  materiallar  kiritiladi.  Ammo  bitta  darsda  har  xil 

mashqlar birlashtirilishi norasmiy xarakterga ega.

Majmuali  darslardan  kichik  va  o‘rta  yoshdagi  maktab 

bolalari bilan ishlaganda ham foydalaniladi.

Yechiladigan vazifalarga qarab o‘quv, mashg‘ulot, nazorat 

va  aralash  (kombinatsiyali)  darslarga  bo‘linishi  mumkin. 

O‘quv  darslarida  asosiy  e’tibor  mashqlar  to‘g‘ri  bajarilishiga 

qaratiladi.




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling