1.6. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiyaning turlari klassifikatsiyasi katta amaliy
ahamiyatga ega, u jamiyatda jismoniy tarbiyaning maqsadga
muvofiq foydalanish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Chunonchi, agar
maktabda bazali jismoniy tarbiya vazifalari yechilayotgan
bo‘lsa, u holda jismoniy ma’lumot va umumiy jismoniy
tayyorgarlik amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyaning barcha
boshqa turlari bu vazifalarni yechishga ko‘maklashishi mumkin,
ammo bazali jismoniy tarbiya o‘rnini bosishga qodir emas.
Jamiyatda jismoniy tarbiyaning rivojlanish darajasi
quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
– jamiyat a’zolarining turmushida jismoniy tarbiyaning
tatbiq etilishi;
– jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorlik va sog‘liq darajasi;
– jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining moddiy-texnika
ta’minoti sifati va borligi;
– jismoniy tarbiya harakatiga rahbarlikni amalga
oshiruvchilar, jamoa faollari va shtatdagi xodimlar malakasi;
–jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ilmiy-texnika
taraqqiyotining so‘nggi yutuqlari tatbiq etilishi darajasi;
– jamiyat a’zolarining sportda erishgan yutuqlari.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Jismoniy tarbiyaning asosini tavsiflab bering?
2. Amaliy jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
8
Do'stlaringiz bilan baham: |