Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

Jismoniy tarbiya tizimi jismoniy tarbiyaning g‘oyaviy, 

ilmiy-metodik  negizlari  birligidan,  shuningdek,  respublika 

fuqarolarining  jismoniy  tarbiyasini  amalga  oshiradigan  va 

nazorat qiladigan tashkilotlar va muassasalar birligidan iborat.



2.2. Jismoniy tarbiyaning tamoyillari  

2.2.1. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish tamoyili

Ma’naviy va jismoniy kuchlari har tomonlama kamol 

topgan  kishilargina  o‘z  Vataniga  sodiq  bo‘ladi  va  uning 

taraqqiyotiga  ulkan  hissa  qo‘shadi.  Har  taraflama  barkamol 

kishilar  osmondan  tushmaydi.  Ular  muayyan  ijtimoiy  hayot 

sharoitlari ta’siri ostidagina shunday barkamol kishilar bo‘lib 

yetishishi  mumkinki,  bu  sharoitlar  orasida  tarbiya,  jumladan, 

jismoniy tarbiya alohida rol o‘ynaydi. 

Inson jismoniy va ma’naviy kamolotining yagonaligi tufayli 

jismoniy  tarbiya  jarayonida  aqliy,  axloqiy  va  estetik  tarbiya 

vazifalarini hal etish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Bu 

vazifalarni hal etish shaxsni har taraflama kamol toptirish omili 

sifatida  jismoniy  tarbiyaning  rolini  kengaytiribgina  qolmay, 

balki bevosita jismoniy tarbiyaning o‘z muvaffaqiyatini 

ta’minlaydi.

Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan o‘zaro 

aloqasi inson kamolotining boshqa turli tomonlari yagonaligidan 

tashqari  bizning  sharoitimizda  tarbiya  maqsadlarining  birligi 

bilan ham belgilanadi. Shu sababli, insonni har taraflama kamol 

toptirish tamoyili quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:




10


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling