Jismoniy tarbiya tizimi jismoniy tarbiyaning g‘oyaviy,
ilmiy-metodik negizlari birligidan, shuningdek, respublika
fuqarolarining jismoniy tarbiyasini amalga oshiradigan va
nazorat qiladigan tashkilotlar va muassasalar birligidan iborat.
2.2. Jismoniy tarbiyaning tamoyillari
2.2.1. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish tamoyili
Ma’naviy va jismoniy kuchlari har tomonlama kamol
topgan kishilargina o‘z Vataniga sodiq bo‘ladi va uning
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Har taraflama barkamol
kishilar osmondan tushmaydi. Ular muayyan ijtimoiy hayot
sharoitlari ta’siri ostidagina shunday barkamol kishilar bo‘lib
yetishishi mumkinki, bu sharoitlar orasida tarbiya, jumladan,
jismoniy tarbiya alohida rol o‘ynaydi.
Inson jismoniy va ma’naviy kamolotining yagonaligi tufayli
jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy va estetik tarbiya
vazifalarini hal etish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Bu
vazifalarni hal etish shaxsni har taraflama kamol toptirish omili
sifatida jismoniy tarbiyaning rolini kengaytiribgina qolmay,
balki bevosita jismoniy tarbiyaning o‘z muvaffaqiyatini
ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan o‘zaro
aloqasi inson kamolotining boshqa turli tomonlari yagonaligidan
tashqari bizning sharoitimizda tarbiya maqsadlarining birligi
bilan ham belgilanadi. Shu sababli, insonni har taraflama kamol
toptirish tamoyili quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:
10
Do'stlaringiz bilan baham: |