Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

2.4. Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga 

qaratilganlik tamoyili

Yuqorida aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, inson sihat-

salomatligini mustahkamlash g‘oyasi jismoniy madaniyatning 

butun tizimiga singib ketgandir. Inson sihat-salomatligi uchun 

qayg‘urish hamisha hukumatimizning diqqat markazida bo‘ladi.

Jismoniy tarbiya – sog‘lomlashtirish yo‘nalishining tamo-

yillaridan quyidagi qoidalar kelib chiqadi:

Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning siyoat-

salomatligini mustahkamlash uchun davlat oldidagi 

javobgarlik.

Shifokor va pedagog nazoratining majburiyligi hamda 

birligi.  Jismoniy  mashqlar  shunday  vositaki,  ular  to‘g‘ri 

qo‘llanilgan  sharoitlardagina  sog‘lomlashtiruvchi  samara 

beradi. Jismoniy mashqlarni noto‘g‘ri, no‘noqlik bilan qo‘llash 

sihat-salomatlikka putur yetkazishi mumkin. Shu munosabat 

bilan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, 

jinsi, biologik xususiyatlari va sihat-salomatligini hisobga olish 

zarur. 

Jismoniy tarbiya tizimida vrach nazorati kishi organizmida 

ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlarni  qayd  etish  bilangina 

chegaralanib qolmasligi kerak. Maxsus pedagogik kuzatishlar 

bilan bir qatorda shifokor nazorati shunday obyektiv mezonki, 

biz  unga  qarab  jismoniy  mashqlar  bilan  mashg‘ulot  paytida 

ana shu mashg‘ulotlarning ijobiy yoki salbiy ta’siri to‘g‘risida 

hukm  chiqarish,  jismoniy  tarbiya  metodlarini  o‘zgartirish  va 

takomillashtirishimiz mumkin.

Shifokor nazoratining ma’lumotlari jismoniy tarbiya 

praktikasida o‘z ifodasini topib, jismoniy tarbiyani to‘xtovsiz 



12

takomillashtirishga yordam berishi lozim. Shifokor o‘z ishini o‘z 

xonasidagina emas, balki asosan gimnastika zalida, stadionda, 

chang‘i  stansiyasida,  suzish  basseynlarida  amalga  oshirishi 

kerak. U o‘zining kuzatishlarini jismoniy mashq mashg‘ulotlari 

jarayoni bilan bevosita bog‘lab o‘tkazishi lozim.

Jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirish yo‘nalishi 

tamoyili shifokor, pedagog bilan mashq qiluvchining hamisha 

yaqindan ijodiy hamkorligini talab etadi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling