Maktab zali bayramona bezatilgan
Download 42.11 Kb.
|
Mastura alifbe 11
Odina:__________________________
2.BOSHLOVSHI: Endigi navbatni o’quvchilarimiz ijrosidagi “O’zbegim” she’riga bersak marhamat . Odina, Shuhratov S . RAQS –tomchi Boshlovshi : Rahmat bolalar . Boshlovshi : Avvallar kitob-varaqlab, Suratlar axtarardim Rasm bor betni izlab Zerikishla qarardim Endi olib kitobni, Sharillatib o’qiyman Go’yo quchib oftobni O’zim ham she’r to’qiyman. Boshlovshi :Bilsangiz bor bir kitob Kitoblarning bobosi Kitobmas go’yo oftob Yo’qdir uning bahosi
Bilimlar poydevori Ma’nosi shirin so’zi Qani “Alifbe” o’zi Alifbeni chaqirsak Va unga so’zni bersak O’quvchilar:Alifbejon kel tezroq Do’stlaring senga muhtoj. Davraga “Alifbe kitobi” kirib keladi. ALIFBE:Salom aziz bolalar Chiroyli gul lolalar Bilasizlarmi meni? Birinchi Alifbeni? Hamma bilimning boshi Bilimdonlarning joni Meni hurmat qilsangiz Harfimni-chi bilsangiz Seving hamma kitobni Bo’lasiz so’zsiz olim. O’quvchilar : Alifbejon sengadir ta’zim Sen tufayli biyrondir so’zim. Alifbe : Xo’sh bolajonlar aytingchi, chindan Nimalarni bildingiz mendan? Muhiddinova K :Ko’p narsani kitobim Mana eshit oftobim Chiziqchalar-chizishni O’qishni va yozishni Alifbe : Yasha zehnli bola Nima o’rganding yana? Elbek :Bo’g’indan so’z tuzishni, Hamda matn o’qishni. Alifbe : Aytchi dono qiz qani, Sen o’rganding nimani? Dilnura :Topishmoqlar topishni, She’r va maqol aytishni. Alifbe : Shirin-shakar bolalar Bog’aro gul lolalar Alifboda harf nechta? Bilsangiz ayting shartta. Durdona : 6 ta unli tovush bor 23 ta undosh bor 3 tasi harf birikma 1 tasi tutuq belgi Laylo: - “Bilimlar mamlakati” Boshlanar alifbodan O’ttizta do’stimiz bor Bizlarning alifbodan Alifboni o’rgangan Bolalar jim turmaydi Harflar tilga kirib Odamlarday so’zlaydi “A” “A” harfiman azaldan
“B” Baquvvat, bardam, botir, “B” harfi bo’laman. Bilimdonlarga balli Bundan kuchga to’laman. “D” Dovrug’im dostonlarda “D” harfiman dastyorman Donolar durdonasi Dilga dardkash, do’st – yorman. Og’abek : Mana bizni bildingiz, So’zga quloq soldingiz. Bolalar bizni bilar, Bilganning baxti kular. Bizni derlar alifbo O’ttizta harf erur jo. Bolalarga do’st bo’ldik Yayrab o’ynadik – kuldik. QO’SHIQ : ALIFBO 1.Boshlovshi :Endigi navbat bir guruh o’quvchilar ijrosidagi she’rlarga marhamat .Shoyad,Dilnura,Behruz,Gulshoda. Shoyad: Alifbeni tugatdim Endi o’qiy olaman So’zlarni qo’shib birga Jumla to’qiy olaman. Dilnura : Harflarni tanidim Yetib oldim siriga So’zlar tuzsa bo’larkan Birin qo’shib biriga. Behruz: Qancha unli, undosh bor Hammasini bilaman To’plab bilim zehnimni Sizni xursand qilaman. Gulshoda: A’lo o’qish vazifam Tolmayman o’rganishdan Olimlar ham ilimni Boshlagan harf tanishdan Hammasi: Rahmat aziz muallim Mehringiz dilimizda Yoshlikda olgan bilim Nur sochar yo’limizda 2.Boshlovshi : Hozir ustozlarni math etuvchi she’rlardan tinglaymiz . Feruza: - Albatta, biz harflarni qo’shib o’zimiz uchun sevimli bo’lgan. Vatan, ota-ona, ustoz, yurtboshi kabi so’zlarni hech qiynalmay yoza olamiz. Marhamat hozir sizlar buning guvohi bo’lasiz. Durbek: Bizni bag’riga bosgan Bolalar yayrab o’sgan Yuksalaver yildan – yil O’ZBEKISTON – JON VATAN
“Alifbe kitobi ketadi. Bolalar xayr – xayr deb qolishadi. “O’qish” kitobi so’z oladi. MATEMATIKA –Bolajonlar men ham ketaymi Muhiddinova-Yo’q biz sen bilan hali ko’p birga bo’lamiz. “O’qish” kitobi: Salom yangi do’stlarim Erka, qora ko’zlarim Bugun sizga yurakdan Atalgandir so’zlarim. Meni “O’qish” deydilar O’qib – uqish deydilar Mendagi har mavzuni Mag’zin chaqish deydilar. Meni asta varaqlab Mazza qilib o’qursiz Ibrat olib so’zimdan Xalqimizga yoqursiz O’qing meni ardoqlab Men, do’stingiz bo’laman Qo’lim berib sizlarga Yoningizda bo’laman Ona tili kitobi: Menman “Ona tili”man. Elim dono tiliman Onalar sof vijdoni Otajonlar diliman. O’qing meni varaqlab Yurakdan hurmat saqlab Ona tilim sehri Ardoqlab, sevib, yoqlab. Tilimiz xazinasin Sizga asta ochgum bor Ona tilim sehrini Marjon kabi sochgum bor. Hamma: Kitoblar xush keldingiz Dilim xushnud ettingiz 1.Boshlovshi:Hozirgi navbatni sinf o’quvchilari ijrosida Salom bergan bola qo’shig’ini tinglaymiz . Matematika–qani bolalar meni qay darajada o’zlashtirdingiz buni sinab ko’ramiz. bolalar misollar ishlashadi .O’yin o’tkaziladi . Raqs-Olma pishganda galing Boshlovshi Marhamat sizlar ham bayramimizni tomosho qiling . Sahna ko’rinishi ‘‘Bo’birsoq’’ ertagi Boshlovshi :Hozirgi navbatni ertakka bersak .Bor ekanda yo’q ekan och ekanda to’q ekan qadim o’rmonda bir chol bilan kampir yashagan ekan .Bir kuni chol kampirini yoniga chaqirib shunday debdi : 1.Shunday qilib bo’birsoq maktabga bora boshlabdi.Dam olish kunlarining birida bo’birsoqvoy uyda o’tiraverib zerikib ketibdi. Bo’birsoq qo’shiq aytib o’rmonni aylanib ketayotgan ekan oldidan quyon chiqib qolibdi . QUYON- raqamlarni so’raydi Raqamlar: Charos: Juft va toq, o’ng chapni, Sendan biz bilib oldik. Qiziq misollar yechib, Aqlni ishga soldik. 1.Boshlovshi –bo’birsoq yana aylanib ketayotgan ekan oldidan bo’ri chiqib qolibdi . BO’RI-Aytchi alifboda nechta harf bor 6 ta unli tovush bor 23 ta undosh bor 3 tasi harf birikma 1 tasi tutuq belgi. 1.Boshlovshi –bo’birsoq yana o’rmonni aylanib ketayotgan ekan oldidan qizil qalpoqcha chiqib qolibdi . Qizil qalpoqcha ingliz tilini so’rabdi 1.Boshlovshi –bo’birsoq yana o’rmonni sayr qilib ketayotgan ekan oldidan ayiq chiqib qolibdi . Ayiq hayvonot dunyosini so’rabdi . 1.Boshlovshi –bo’birsoq yana aylanib ketayotgan ekan oldidan tulki chiqib qolibdi. Tulkiga maqollar aytib beribdi . O’qish haqida gaplar Elbek,Durdona,Mirislom,Charos Boshlovshi-endigi navbatni sinf o’quvchilari ijrosida ‘Onajon’ qo’shig’iga bersak marhamat . Dilfuza opa o’rgatgan .. “Ona” haqida she’rlar tinglaymiz Zoxirshox : onajonginam Durbek Dunyoga keldimu men sizni ko’rdim-boshqaga beraman Mehr bulog’idan kuch, quvvat oldim Nomingiz ushbu kun she’rimga soldim Munisim, mushfiqam onajonim. Oromdan oz kechib bo’lib parvona Dardimni oldingiz siz yona-yona Olamda tengi yo’q siz-siz yagona Munisim, mushfiqam onajonim. Qo’shiq: “Onajon” sinf o’quvchilari ijrosida. Boshlovshi: Aziz o’quvchilar bilimlar mamlakati sizlarga juda yoqibdi. Buning guvohi bo’ldik. Boshlovshi: Bolajonlar endi sizlarga yana bir mehmonimiz borligini aytaylik. Bu mehmon barchamiz sevadigan quvnoq Qorbobo! (Qorboboni chaqirishadi) QORBOBOJON QORBOBO DAVRAMIZGA MARHABO Qorbobo: Salom aziz bolalar, ochilgan gul – lolalar, bugun bayramga sizlarni qutlash uchun qorli o’lkalarni kezib keldim, sizlarga ko’plab sovg’a salomlar keltirdim. Bolajonlar, qani menga qanday she’r va qo’shiqlar tayyorlagansizlar, Davraga 4 ta o’quvchi chiqib yangi yil haqida she’rlar aytadilar. Charos, Paxmiddinova K, Obidov S, Mehriddinova M Qor valsi ijro etiladi . 2-Boshlovshi : Qorbobo bizning o’quvchilar maktabda o’qishdan bo’sh vaqtlarida har –xil sport to’garaklariga ham qatnashishadi hozir o’zingiz buning guvohi bo’lasiz .TAEKVANDO Qorbobo- hozir sizlarni bilimlaringizni tekshirib ko’raman . Tez aytish o’ynaladi , MAQOLLAR HAM BILASIZLARMI 1– Boshlovshi: Mana bobojon ko’rdingizmi? Bolajonlarning qanchalik aqlli va zukko ekanligini Qorbobo: Ha aziz bolalar, juda aqlli va zukko ekansiz . Qorqiz topishmoqlar aytadi topgan bolalarga sovg’alar ulashiladi. ENDI BIZLAR BAYRAMINGIZNI TOMOSHA QILAMIZ . 1-Boshlovshi: endi navbatni she’rlarga bersak marhamat BOLAGA KITOB BERING SHE’RI-MADINA , MUHRIDDIN Yangi yil raqsi ijro etiladi . 2 – Boshlovshi: Qani endi onajonlarimizning ham bilimlarini tekshirib olsak Yangi yil raqsi ijro etiladi . Bolalar: (Rahmat bobojon) 1 – Boshlovshi: Bayramingiz ko’p qiziq Dilimiz kunday ochiq Savodxon bolalarning Yuzi quyoshday issiq 2 – Boshlovshi: Shirin shakar bolalar Gulu – jambil lolalar Bir – biringiz tabriklang Savodxonlik muborak 1 – Boshlovshi: Oq sut bergan onalar Mehribonlar otalar Qutlaymiz sizlarni ham Savodxonlik muborak. 2 – Boshlovshi: O’quvchilar bosh egar Izingiz ko’zga surar Ustozlarni barcha qutlar Savodxonlik muborak 1 – Boshlovshi: Aziz mehmonlar shuning bilan bugungi bayramimiz o’z nihoayasiga yetdi. 2 – Boshlovshi: Tashrifingiz uchun rahmat 1 – Boshlovshi: Endi so’zni maktabimiz direktoriga bersak , marhamat. Kecha so’ngida tabrik uchun so’z mehmonlarga, o’qituvchi va ota-onalarga beriladi. O’qituvchi: Raxmat aziz mehmonlar. Kechamizga tashrif buyurganingiz uchun tashakkur. Download 42.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling