Maktabda bulling xavfi boʻyicha tashxis vositalari (maktab psixologi ish rejasiga ilova) Toshkent- 2022 Mundarija


Download 92.89 Kb.
bet4/6
Sana20.01.2023
Hajmi92.89 Kb.
#1103386
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KITAB 1

Hodisa holatlarini qayta tiklash: nima boʻlganligi va qanday sodir boʻlganligi, bola bunga qanday munosabatda boʻlganligi haqida savollar bering. U oʻz hikoyasini yakunlasin, soʻngra taqdim etilmagan ma’lumotlarni toʻplash uchun savollar bering.
Tugatish: bolaning har qanday savoliga javob bering. Unga keyingi qadamlaringiz qanday boʻlishini tushuntiring. Oʻzingiz bajara olmaydigan va’dalarni bermang. Suhbatda ishtirok etgani uchun bolangizga minnatdorlik bildiring.

Travlya (bezorilik)ni toʻxtatish uchun harakatlar algoritmi


1. Hodisani nomlash.
“U” oʻquvchi “X” sinfdoshlari bilan til topisha olmaydi”. Bolani qasddan yigʻlagudek holga keltirishsa, doimiy va muntazam ravishda masxara qilishsa, narsalarini qasddan olib qoʻyishsa, yashirishsa, talon-taroj qilishsa, uni itarishsa, chimchilashsa, surunkali kaltaklashsa, laqablar bilan chaqirishsa, qat’iyan e’tiborsiz qoldirishsa - bu “Bezorilik” deb nomlanadi. Zoʻravonlikni oʻz nomi bilan chakirmaguningizcha, har bir holat oddiydek tuyulaveradi.
Keyin, ushbu vahshiyona hodisani toʻxtatish va aynan kim bunday javobgarlikni oʻz zimmasiga olish mumkinligini anglash kerak. Tayyorlik belgisi bu “Travlya”ni (Bezorilik) aynan “Bezorilik” deb atashingizdir. Javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan shaxs ta’lim muassasasining oʻqituvchisi yoki tarbiyachisi yoki psixologi boʻlsa maqsadga muvofiqdir.
Keyin mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan ma’sul shaxs, ya’ni bu shaxs lager maslahatchisi, murabbiy, oʻqituvchilar boshligʻi (OʻTIBDOʻ) va boshqalar boʻlishi mumkin, oddiylik tariqasida uni oʻqituvchi deb nomlaydigan boʻlsak, bezorilik sodir boʻlgan guruh bilan gaplashishi kerak va hodisaning “Nomi” bilan guruhga murojaat qilishi lozim.
Sobiq “Zoʻravonlar”ning koʻplab sharhlaridan, bolalar oʻzlarining qilayotgan ishlarining oqibatini yaxshi anglamasliklari koʻrinadi. Ularning nazarida bunday holat “biz uni masxara qilamiz” yoki “biz shunday oʻynaymiz” yoki “biz uni sevmaymiz” deb nomlanadi. Ular kattalardan buning “Bezorilik” (zoʻravonlik) ekanligini va bunday holatga yoʻl qoʻyish mumkin emasligini bilib olishlari lozim.
Ba’zan vaziyatni jabrlanuvchi nuqtai nazaridan tasvirlash kerak boʻladi. Qanchalik gʻalati tuyulmasin, men buni oʻqituvchilar uchun qilishimga toʻgʻri keldi. Aks holda, ularni “qoʻyavering, bolalar har doim bir-birlarini masxara qilish" dan chiqarib boʻlmaydi. Degan soʻlaridan va qotib qolgan oʻylovlaridan olib chiqishim qiyin boʻldi. Men ulardan tasavvur qilishlarini soʻradim: “Mana siz ishga keldingiz. Hech kim siz bilan salomlashmaydi, hamma yuz oʻgiradi. Siz yoʻlak boʻylab yurganingizda, orqangizdan shivirlab, masxaralab kulishadi. Siz oʻqituvchilar kengashiga kelasiz, va oʻtirasiz. Darhol yoningizda oʻtirganlarning hammasi oʻrnidan turib, sizdan uzoqroqda oʻtirishadi. Nazorat ishi olmoqchi boʻlasiz va kimdir ilgari doskada yozilgan topshiriqni oʻchirib tashlaganini koʻrasiz. Bloknotingizdagi nazorat ishini koʻrmoqchi boʻlasiz, lekin bloknotingiz - joyida yoʻq. Keyinchalik uni hojatxona shkafining burchagida, sahifalarida esa oyoq izlari bilan topasiz. Oxir oqibat, asablaringiz tarang holatga keladi, boʻshashib ketib oʻzingizdagi nazoratni yoʻqotasiz va baqirishni boshlaysiz, sizni darhol direktor xuzuriga chaqirishadi va nooʻrin xatti-harakatlaringiz uchun tanbeh berishadi. Siz boʻlib oʻtgan voqeani aytib bermoqchi boʻlasiz, shikoyat qilasiz adolat istaysiz, - va javoban: “Siz hamkasblaringiz bilan til topisha olishingiz kerak!” degan javobni eshitasiz. Xoʻsh, sizning ahvolingiz qanday va qachongacha bunga bardosh bera olasiz?”.
Muhim: achinish hissi bilan qaramang. Zinhor, hozir unga qanchalik yomonligi va baxtsizligini tasavvur qildirmang. Faqat: bunday vaziyatda Siz qanday holatga tushar edingiz? Siz nimani his etar edingiz? Agar jonli tuygʻular bunga javoban kelsa, xursand ham boʻlmang, hujumga ham oʻtmang. Faqat hamdardlik bildiring: ha, bu hamma uchun qiyin. Biz - insonlar, va biz uchun birga boʻlish muhimdir.
Ba’zan bezorilik endi boshlangan boʻlsa, birinchi bosqichi yetarli boʻladi.

Download 92.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling