Maktabda manaviy-marifiy ishlarni rejalashtirish reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 115.5 Kb.
bet5/10
Sana29.03.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1305560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maktabda manaviy-marifiy ishlarni rejalashtirish reja I. Kirish

3. Markazning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilg‘or fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni to‘plash, tayyorlash va tarqatish maqsadida “oyina.uz” elektron portalini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlansin.
Portal faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Markazga qo‘shimcha 15 ta shtat birligi ajratilsin va uning tuzilmasida Raqamli targ‘ibot bo‘limi tashkil etilsin.
Markaz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda portalni ishga tushirish choralarini ko‘rsin.
4. Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlariga qo‘shimcha 2 tadan, tuman (shahar) bo‘linmalariga aholi soni 200 mingdan ortiq bo‘lganda 2 tadan, 200 mingdan kam bo‘lgan taqdirda esa 1 tadan qo‘shimcha shtat birliklari ajratilsin.
Belgilansinki, mazkur shtat birliklari mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining:
“Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi negizida Markaz huzurida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish;
“Tafakkur” va “Ma’naviy hayot” jurnallari hamda “Ma’naviyat” nashriyotini Markaz tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
“Ma’naviyat” nashriyoti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi hisobidan bir oy muddatda 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilsin.
6. Quyidagilar:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari namunaviy tuzilmalari 4-ilovaga muvofiq;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) bo‘linmalarining namunaviy tuzilmalari 5-ilovaga muvofiq;

Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling