Xulosa Demak umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining o‘lchash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda fizika o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinf matematika darslarida maktab o‘quvchilari uzunlik, vaqt, massa, harorat, o‘lchov asboblarining shkalasi bo‘linishini baholash tushunchasi, harakat tezligi haqidagi dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lganligini, hisobga olishi kerak. Tajribalar shuni ko‟rsatadiki chizmalar geometrik usulda fizik kattaliklar o‟rtasidagi bog‟liqlikni ( masalan, Om qonunidagi I,U va R kattalaliklar orasidagi ) , tog‟ri va teskari proporsionallik, chiziqli va kvadratik bo‟g‟liqligini aniq namoyon etadi. Fizikani
o‟qitishda matematik analiz ham o‟rin egallaydi. Ayniqsa yuqori 10-11- sinflar masalalarni yechishda xosila va integral tushunchalariga duch kelishadi. O‟quvchilar bu tushunchalarni bilishi natijasida Nyuton qonunlari, elektromagnit induksiya qonunlari, magnit maydon va boshqa qator mavzulardagi masalarni yechishda qiyinchiliklarga uchrashmaydi.
Xulosa qilib aytganda, tushunchalarni o‘rganishga bunday yondashish o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantiradi, solishtirish, turli faktlarni analiz qilish, xulosa va yakunlar chiqarish kabi qobilyatlarini shakllantirishga , mustaqil faoliyatlarida esa muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga yordam beradi.Bundan tashqari, bu hol o‘quvchilarning ko‘pgina tushuncha ta’riflarini yodlashlarini taqozo qilmay, balki tushunchalar sistemasini o‘zlashtirishni talab qiladi. Yuqorida aytilgan barcha fikrlar fizika va matematika kurslari materiallari o’zoro bir biriga bog’liq ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |