Maktabda matematika va fizika kurslarining fanlararo aloqalari Kirish


Download 83.03 Kb.
bet8/11
Sana30.01.2024
Hajmi83.03 Kb.
#1817001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maktabda matematika va fizika kurslarining fanlararo aloqalari

Zamonaviy tabiiy fanlarning muhim xarakterli tomonlaridan biri shundan iboratki, g‘oyalardan olingan xulosalar nafaqat sifatiy,balki miqdoriy xarakterga ega. Miqdoriy xulosalar qilishimiz uchun matematik tildan foydalanishimiz kerak.Agar biz tajriba natijalari bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan xulosalarni olmoqchi bo‘lsak,matematika tadqiqot quroli sifatida zarur.

Inson organizimida sodir bo‘ladigan kasalliklar bilan uning sog‘ayishi orasidagi bog‘lanishning matematik modelini birinchi bo‘lib Amerika olimlari Bell va Pimbli tomonidan o‘rganilgan.

Matematika ta’limida fanlararo aloqadorlikdan foydalanish, bu o‘quvchilar bilim va malakalarini chuqurlashishi; ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishining oshishi; o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarshining shakllanishi; o‘quvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatining rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir.

Masalalarni yechishdagi umumiy usullarning ko’pchiligi aniq fizik muammolarni hal qilishning alohida usullariga bog’liq va o’zining dastlabki formasida qat’iy matematik asoslashga va yetarlicha to’liqlikka ega bo’lmaganligi bilan ham xarakterlidir. Samarali aniq masalalarni yechish uchun ushbu usullarning barchasidan foydalanish ularni qat’iy matematik asoslash va umumlashtirish sabablaridan biri bo’lib, ba’zi hollarda yangi matematik yo’nalishlarning paydo bo’lishiga olib keladi.

Matematikaning turli tarmoqlariga qo’llanilishi, shuningdek, tabiiy fanlar talablari va amaliyot talablarini aks ettiruvchi matematikaning rivojlanishi matematikaning allaqachon o’rnatilgan ayrim tarmoqlarida tadqiqot yo’nalishini qayta yo’lga qo’yilishi bilan namoyon bo’ladi. Haqiqiy fizik hodisalarning matematik modellarini ishlab chiqish bilan bog'liq bo’lgan fizikadagi muammolarning shakllanishi xususiy hosilali differensial tenglamalar nazariyasining asosiy muammolarining o’zgarishiga olib keldi. Chegaraviy shartlar masalalari haqidagi ta’limot paydo bo’lgan (Chegaraviy qiymat muammolari), keyinchalik xususiy hosilali differensial tenglamalarni integral tenglamalar va variatsion usullar bilan bog’lash imkoniyatini yaratilgan


Download 83.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling