Maktabda matematika va fizika kurslarining fanlararo aloqalari Kirish
Download 83.03 Kb.
|
Maktabda matematika va fizika kurslarining fanlararo aloqalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob Matematika va fizikani fanlararo aloqadorlikda o‘qitishning muhim jihatlari
Maktabda matematika va fizika kurslarining fanlararo aloqalari Kirish………………………………………………………………….2 1-bob Matematika fanini o`qitishda fanlararo integratsiya 1.1 matematika fanini o'qitishda fanlararo integratsiya fizika fani……………………………………………………………..………..3 1.2 Matematikaning fizika fani bilan bog`lanishi……………………….7 1.3 Maktablarda fizika fanini o‘qitishda matematikaning o‘rni…………………………..12 2-bob Matematika va fizikani fanlararo aloqadorlikda o‘qitishning muhim jihatlari2.1 Fanlararo aloqalarni amalga oshirish yo‘llari……………...………152.2 Fizika va matematika o‘rtasidagi aloqadorlikning muhim jihatlari…………………………………………………………………18 Xulosa……………………………………………….…………………23 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...……………24 Kirish Ushbu kurs ishida matematikani o'qitishda fanlararo integratsiyaning ahamiyatini o'rganadi. Fan, texnologiya, muhandislik va san'at kabi turli fanlarning tushunchalari va usullarini o'z ichiga olgan holda, o'qituvchilar talabalar uchun yanada qiziqarli va keng qamrovli o'quv tajribasini yaratishi mumkin. Ushbu maqolada fanlararo integratsiyaning afzalliklari ta'kidlangan, amaliy misollar keltirilgan va tez rivojlanayotgan dunyoda matematikani o'qitishning oqibatlari muhokama qilingan. Ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va o‘qitish jarayonida dars samaradorligiga erishishga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, uni amalga oshirish 7-sinf fizika fanini matematika faniga fanlararo aloqalar asosida o‘qitish misolida ko‘rsatib berilgan va matematika va fizikani fanlararo aloqadorlikda o‘qitishning muhim jihatlari yoritilgan. 1-bob Matematika fanini o`qitishda fanlararo integratsiya matematika fanini o'qitishda fanlararo integratsiya fizika fani “Integratsiya” atamasining turli talqinlari mavjud bo`lib, ularning asosida umumiy bir g`oya yotadi. Integratsiyaning komponentlari, ya’ni tarkibiy elementlari, mavjud bo`lib, ularning o`zaro aloqasi, ta’siri natijasi sifatida muayyan integratsiya vujudga kelishi haqida gapirish joizdir. Biz matematika ta’limida integratsiya masalalarini tadqiq etar ekanmiz, integratsiya muammosini ikki yo`nalishda, ta’lim (fanlar) mazmuni yoki o`qitish texnologiyalari asosida hal qilishni maqsad qilib qo`ydik. Ta’lim mazmunini integratsiya etish-fanlararo aloqadorlik vositasida amalga oshirilib, fanlararo darajadagi aloqalarda tayanch predmet maqomi turli variantdan iborat bo`lishi mumkin. Ikki o`quv predmeti orasidagi aloqalarni o`rnatishda, ularni integratsiyalashda vaqti-vaqti bilan u yoki bu predmet tayanch bo`lib xizmat qiladi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, matematika fanining mohiyati, uning muayyan hodisalarni abstraktlashtirib o`rganishidan iborat, ya’ni matematikalashtirish bilimlar integratsiyasini amalga oshirishning ko`rinishlaridan biridir. Darhaqiqat, matematikalashtirish – bilimlarni sintez qiladigan qadimgi metodlardan biri. Matematik tushunchalarning umumiyligi asosida ilmiy mulohaza, qonun va prinsiplarni umumiyligi ta’minlanadi. Hozirgi paytda matematika bilimlar majmuasini bir butun qilib birlashtirib, fanlar integratsiyasini ta’minlovchi vositasi bo`lib qoldi. Buning sababini tushunish uchun uning negizi, falsafiy asoslariga matematik va dialektik mantiq munosabatlariga, tushunchalarni tashkil etishda mavhumlash jarayonlarining har xilligiga e’tiborni qaratish kerak. Matematik mantiq taraqqiyotining muhim xususiyati - formallashgan tillar ishlab chiqilishi va uni fanning turli sohalariga tatbiq etilishidadir. Har bir fan taraqqiyotining muayyan bosqichida matematik metodlarga murojaat qilish zarurati vujudga keladi. Mazkur fan ularni qo`llash natijasida mukammallikka erishadi. Muayyan voqelikning miqdoriy tomonlarini o`rganish uning sifat tomonlarini va mohiyatini ochishga imkon yaratadi. Borliqdagi hodisa hamda jarayonlarni to`la o`rganish uchun ularning sifat va miqdoriy tomonlarini birgalikda tahlil etish zarur. Bunda voqelik, hodisaning mazmunidan chetlashib uni matematik tilda ifoda etish, uning sifatini yo`qotish emas, balki mazmunan chuqur o`rganish taqozo qilinadi. Matematikaning integrallash funksiyasi asosida modellashtirish, strukturalash, aksiomatika kabi sintetik metodlar tarkib topdi. Matematika metodlari va usullarining bilish sohasiga kirib kelishi nafaqat ularning rivojlanishiga, balki fanning taraqqiy etishiga katta hissa qo`shdi va tarkibiy o`zgarishlarga olib keldi. Fanlarni integratsiya etish, yangi sun’iy sintetik bilimlarni shakllantirish, fanlarni taraqqiy etishda yetakchi tendentsiya sifatida emas, balki uning taraqqiy etishining zarur qonuniyati tarzida yuzaga chiqadi. Fanlararo aloqada o'quvchining ma'lum bilimlami o'zlashtirish jarayonida u yoki bu muammoni imkon qadar chuqur anglash hamda olingan bilimlami amaliyotga samarali joriy etishiga imkon berish maqsadida о 'quv fanlari orasida o'matiladigan aloqa nazarda tutiladi. Integratsiya esa fanlararo aloqaga, ya'ni umuman fanlar, o'quv fanlari, ulaming bo'lim va mavzulari bo'yicha olingan bilimlarga tayanilgan holda o 'rganilgan masalaga xos bo'lgan yetakchi g'oyalar hamda hodisalaming izchil, har jihatdan chuqur hamda serqirra ochilishi demakdir. Biror muammoning yechimini fanlararo aloqaga asoslangan holda integratsion o'rganish uchun o'qituvchi, avval maqsadni aniq belgilab olishi, o'rganiladigan materialni qayta qarab chiqishi, uning samarali o 'zlashtirilishi uchun mos metodlami tanlashi, dars jarayonini tashkil etishning shakli va zaruriy ashyolarini aniqlashi va olinadigan natiialami oldindan belgilab chiqishi taqozo etiladi. Umumiy ta'lim mazmuni o'quvchilarni har tomonlama ruhiy rivojlanishga, ularda turli xil tafakkurni shakllarinirivojlantirishga qaratilgan. Har bir o'quv predmetini o'rganish bolaning materialni anglash jarayonini, uni eslab qolishni, ta'sirchanlikni faollashtiruvchi, tafakkurni, nutq va tasavvurni rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yaratishga imkon beradi. Ayniqsa, bilish jarayonida bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan tafakkurning turlarini rivojlantirish juda muhimdir.O'quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda fanlararo bog'lanish, ya'ni uzviylikni ta'minlash buqunqi kunninq enq dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta'minlanqan holda, darsni tashkil qila olqan o'qituvchi o'quvchilarda o'zininq faniqa bo'lqan qiziqishini oshiribqina qolmasdan, mazkur fanni o'zlashtirishqa yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalqa oshirish natijasida o'quv-tarbiya jarayoninq aloqadorliqi sezilarli darajada ortadi. O'quvchilarda fikrlash ko'nikmalari shakllanadi. Shu bilan bir qatorda, o'quv fanlariqa oid bilim va qiziqishlarini rivojlantirishninq muhum shartidir.Fanlararo aloqadorlikning mazmuni va materiallar hajmi maktab matematika kursida o'quv dasturi orqali aniqlanadi. Har bir fan o'qituvchisining u yoki bu fanning o'zaro bog'liqligini o'z o'quvchilariga tushuntirishi va o'quv jarayonida undan mohirona foydalanishi o'qitish metodikasida ilgaridan ma'lum.O'quv fanlari orasida o'zaro bog'liqlik ikki turga bo'linadi: xronoligik va g'oyaviy. Birinchisi, turli fanlar dasturlarining o'zaro mutanosibligiga, ikkinchisi esa, bir xil yo'nalishdagi ilmiy tushunchalarning umumiy metodik holatlar asosida singdirilishiga asoslanadi. Fanlararo bog'lanish fanlarning turiga qarab umumiy metodlar birligi bilan ham izohlanadi. Masalan, matematika va fizikada modelli metod, matematika va fizika esa eksperimental metod umumiyligi ko'zga tashlanadi.Amaliyotda matematika o'qituvchilari fanlararo xronologik bog'lanishning ilgari, hozir, kelgusi kabi uch turidan bevosita foydalanadilar. Ilgari fanlar aro bog'lanish matematika kursi materiallarini o'qitishda oldin boshqa fanlardan olingan bilimlarga tayaniladi.O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta'lim sifatiga kuchli ta'sir ko'rsatib:ta'limning modernizatsiyalash, innovatsion o'qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi; - umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limda uzviylik va uzluksizlikning ta'minlanishida muhim omil vazifasini bajaradi; - fanlararo aloqani ta'minlashga qaratilgan masalalarni aynan dastur, dasrlik hamda o'quv qo'llanmalar mazmuniga singdirish pedagog olimlar va tadqiqotchilar zimmasidagi muhim vazifalardandir; - ta'lim texnologiyalariga asoslangan fanlararo aloqa modellarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Download 83.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling