Maktabda o'quv tarbiya ishlarini rejalashtirish usullari mundarija: Kirish


Download 46.65 Kb.
bet1/6
Sana31.03.2023
Hajmi46.65 Kb.
#1312085
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTABDA O\'QUV TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH USULLARI


MAKTABDA O'QUV TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH USULLARI
Mundarija:
Kirish.

  1. Jismoniy tarbiya fani bo`yicha rejalashtirish shartlari

  2. Jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish guruhlari

  3. Maktab dasturi bo`limini rejalashtirishning uch usuli

  4. Maktabda jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkillashtirish usuliyati.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Olib borilgan pedagogik tadqiqotlar, o`rganilgan nazariy bilim hamda tajribalarning ko`rsatishicha, o`z o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri rejalashtirgan pedagoglar yuqori natijalarga erishadilar. Ishlab chiqilgan rejalar o`qituvchiga uzoqqa qarash imkonini beradi, maqsad va aniq vazifalarni belgilab olishi uchun zamin yaratadi, qo`yilgan vazifalarni hal etish yo`llarini va ko`proq samaradorlik manbalrini ko`zda tutadi.
Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o`qituvchi-pedagog qator talablarga rioya qilishi shart.
1. Rejalar xalq va hunar- texnika ta`limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me`yoriy hujjatlariga muvofiq bo`lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo`g`inlari uchun tuziladi. Hamma o`quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo`lishi lozim.
2. Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo`ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog`lomlashtirish samarasini bersa va shug`ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta`sir etsa, shunisiga keng yo`l ochib beriladi. O`rta Osiyo tabiiy iqlim sharoitida yillik dars soatlarining ko`proq qismini ochiq havodan o`tkazishni +
.- ma`qul.
3. Rejalashtirishga qo`yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma`lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak.
4. Reja amalga oshiriladigan bo`lishi kerak. Rejalashtirishda o`quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta`minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur. Shu shart va talablardan qaysi biri mavjud bo`lsa, o`quv dasturidan biroz chetlangan bo`lsa ham, shularni rejalashtirish zarur. Bu yerda ma`lumki, imkoni bo`lmagan materiallar soati imkoni borlarga beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har bir o`qituvchi ish jarayonida asta-sekinlik bilan shug`ullanuvchilarga sharoit va imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunday holatlar ko`pincha dastur bo`limiga yangi talablar kiritilganda bo`ladi.
5. Rejalashtirishning aniqligi o`rgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi.
Ko`p mashqlar ichidan eng zaruriysini, har tomonlama mukammal yoki pedagogik samaradorlikni ta`minlaydiganlari tanlab olinishi zarur.
Rejalarni tuzishdan oldin o`qituvchi zarur axborotlarni to`plab, tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborotlar o`quv materiallarini, manbalarni va ish shakllari, o`tish tartibini belgilab beradi. Har bir jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlarini yaxshilab o`rganishi kerak. Bu shuning uchun har bir sinf uchun, bu mashqlarni o`zlashtirib olishda vazifalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, dasturni o`rganishda o`quv materiallarining sinfdan-sinfga o`tadigan izchilligini ta`minlash imkonini beradi. O`quvchilar tarkibini, sog`ligi darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarligini o`rganish, bunday ma`lumotlarni hujjatlarni o`rganish orqali olish mumkin. Ayniqsa, o`quvchilar bilan suhbatlar boy ma`lumot beradi.



  1. Download 46.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling