Maktabda yuqori va hamkor tashkilotlar bilan electron hujjat almashinuvini tashkil etishda electron raqamli imzodan foydalanish. Elektron hujjat va elektron hujjat almashinuvi Muallif: Mengliyev Sh
Download 0.86 Mb.
|
Maktabda yuqori va hamkor tashkilotlar bilan electron hujjat alm
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lmas Umarbekov (1934-1994)
Oʻlmas Umarbekov (1934–1994)17.10.2017 Oʻlmas Umarbekov 1934 yili Toshkentning Mirobod mahallasida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi. Respublika radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh tahririyatida bosh muharrir, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida direktor, Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shu bilan birga Osiyo va Afrika yozuvchilar birdamlik qoʻmitasining raisi lavozimlarida xizmat qildi. 1989–1991 yillarda esa Respublika Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishladi. U oʻnlab hikoyalar, qissalar, “Odam boʻlish qiyin”, “Fotima va Zuhra” nomli romanlar, “Qiyomat qarz”, “Shoshma quyosh”, “Oqar suv”, “Sud”, “Komissiya”, “Kuzning birinchi kuni”, “Arizasiga koʻra”, “Kurort”, “Yer yonganda” kabi dramatik asarlar yaratdi. Shuningdek, “Ikki soldat haqida qissa”, “Oʻzgalarni deb”, “Qalin qor bagʻridagi uchrashuv” kabi kinofilm ssenariylarini yozdi. “Odam boʻlish qiyin” romani Oʻzbekiston Yoshlar tashkilotining mukofotiga (1971), “Ikki soldat qissasi” filmi Respublika Davlat mukofotiga (1977) sazovor boʻldi. Oʻlmas Umarbekov 1984 yil “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi”, 1992 yilda “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari bilan taqdirlandi. Oʻlmas Umarbekov ogʻir xastalikdan soʻng, 1994 yil 10 noyabrda 60 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Vafotidan keyin “Fotima va Zuhra” romani nashr etildi va Muqimiy teatrida sahnalashtirildi hamda roman asosida badiiy film yaratildi. Toshkent shahri koʻchalaridan biriga adib nomi berildi. Uch jildlik “Tanlangan asarlar”i nashr etildi. O‘lmas Umarbekov (1934-1994)O ‘lmas Umarbekov 1934 yil 25 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘ebekiston xalq yozuvchisi (1992). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1984). O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1956). Ilk kitobi — «Hikoyalar» (1958). «Xatingni kutaman», «Yurak so‘zlari» (1960), «Boboyong‘oq» (1961), «Yulduzlar», «Menga ishonmaysanmi?» (1962), «Hayot abadiy» (1964), «Charos» (1966), «Ko‘prik» (1968), «Bolgar qo‘shiqlari», «Oltin yaproqlar» (1972), «Qiyomat qarz» (1976, shu hikoya asosida sahna asari ham bor), «Yer yonganda» (1993) kabi hikoya to‘plamlari nashr etilgan. U «Odam bo‘lish qiyin» (1970), «Fotima va Zuhra» (1994) romanlari hamda «Sevgilim — sevgilim» (1963), «Kimning tashvishi yo‘q» (1965), «Urush farzandi» (1972), «Yoz yomg‘iri» (1973), «Oq qaldirg‘och» (1974) singari kissalar muallifi. Bir qancha dramalar ham yozgan («Oqar suvlar», 1971; «Tuhmat», 1987; «Oqsoqol», 1991; «O‘zing uchun o‘l yetim», 1992 va boshqa). «Qizimga maktublar» («Mangu hayot bo‘sag‘asida») deb nomlangan publitsistik asari ham bor. O‘lmas Umarbekov 1994 yil 10 noyabrda Toshkentda vafot etgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1980). Начало формы
Конец формы
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling