O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Download 34,83 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Suhbat (og‘zaki savol-javob)
- Jami 75,6
- 6. Apellyatsiya tartibi
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI
“Kiritildi” O‘zDSMI rektori __________ «____» _____ 2016 yil “Tasdiqlayman” Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
__________ «____» _____ 2016 yil
IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR DASTURI VA BAHOLASH MEZONI
“SAN’ATDA ANIMATSIYA VA MULTIMEDYA” FANI
5150500 – San’atda animatsiyaviy va multimedyaviy loyihalash ta’lim yo‘nalishi uchun
Toshkent 2016
2 Dastur O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan. 2016 yil 29 iyundagi 11-sonli majlis bayoni.
I.Meliqo‘ziyev
– “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi katta o‘qituvchisi
K.Xidirova – “Ovoz rejissyorligi va operatorlik Mahorati” kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar
A.Ubaydullayev – O‘zDSMI “Televideniye va radio rejissyorligi ” kafedrasi v.b professor
A.A.Ganiyev – “O‘zbekfilm” kinostudiyasida oliy toifali kinooperator-kinorejissor
3 1. Kirish 5151800 – San’atda animatsiyaviy va multimedyaviy loyihalash bakalavrlik ta’lim yo‘nalishiga kiruvchi abituriyentlarning ijodiy (kasbiy) imtihoni dasturi hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish qoidalari”ga muvofiq o‘tkaziladi. Ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihonlar, har bir ixtisos uchun ta’kidlangan qabul talablariga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Ixtisoslik bo‘yicha imtihon o‘tkazilishining ketma-ketligi, har bir Oliy o‘quv yurtining qabul komissiyasi tomonidan o‘rnatiladi va har yili qabul qilish qoidalar ko‘rsatiladi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga kirayotganlarga, yil mobaynida va imtihonlar oldidan konsultatsiyalar o‘tkaziladi. Konsultatsiyalarning maqsadi – qabulning shartlari bilan tanishish, shu oliy o‘quv yurtiga kirishni xohlovchilarning qobiliyatini va tayyorgarlik darajasini aniqlanishdir. Konsultatsiyalar mobaynida pedagoglar, abituriyentlarni tanlagan ixtisosiga o‘qitish imkoniyatiga qarab, o‘z tavsiyalarini berishadi.
5151800 -San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash ixtisosligining vazifalari, turlari va ish faoliyati quyidagilardan iborat: 1.
Maxsus va murakkab animatsiya operatori va rejissyori 2.
O‘zbekfilm kino studiyasi animatori 3.
Televideniye animatsiya rejissyori 4.
Televideniye animatsiya operatori 5.
Respublikadagi barcha kinostudilar, ovoz yozish studiyalari, telekanallarda animatsiya rejissyori,animatsiya operatori
5151800 -San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash- san’at va madaniyat sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u o‘z ichida rassomlik, dizaynerlik, rejissyorlik, kinooperatorlik zamonaviy texnik apparaturalari va qurilmalar, uskunalar hamda zamonaviy maxsus va murakkab kompyuter texnologiyalarining samarali vositalari, animatstion grafik dasturlar bilan ishlash yo‘llari majmuini qamrab oladi. San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash ixtisosi bo‘yicha imtihon quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: 1.
2.
Suhbat (og‘zaki savol-javob) 3. Abituriyent bilimiga qo‘yiladigan talablar Yozma imtihon: Bu kasbni tanlagan abituriyent animatsiya va multimediya san’atini, kino, maxsus grafika 2D, 3D,5D, 7D multfilm va ommaviy axborot vositalari, uning asosiy tushunchalar va xususiyatlari yangilangan bilim qonunlari animatsiya tarixi va dasturlari, san’atda animatsiya va multimediyaning o‘ziga xosligi va turli janrlari, ovozlashtirish san’ati va maxsus dasturlar yordamida taxrir qila olishi, ovozlashtirish tarkibini yozishi kerak bo‘ladi.
4 Bu bilan abituriyentning qobiliyatini kengligi, kino, televideniye, multfilm va ommaviy axborot vositalarini yarata olish, maxsus effektlar va postprodakshn dasturlaridan foydalana olishi, syujet va kompozitsiyani musiqiy va shovqin yechimini hal etish uchun turli xil effektlar yaratish ma’lumotlarga egaligi tekshiriladi.
Og‘zaki imtihon jarayonida abituriyent bilet tortadi. Bilet uchta savoldan iborat. Savollar maxsus grafika 2D, 3D,5D, 7D, San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash, tasviriy va ekran obrazini yaratish, san’atdagi umumiylik va tafovut, tasviriy san’at tarixi, turlari va janrlari, film personajlarining yuzidagi maksimal yorug‘lik (plotnost), (klyuchevoy svet) xaqidagi tushunchasi, film yaratishda kinoteleoperatorning mahorati, kino va teletasvir montaji va prinsiplari, maxsus effektlar va postprodakshn dasturlaridan foydalanish, ovozlashtirish san’ati va maxsus dasturlar xususiyatlari yuzasidan tuzilgan bo‘lib, abituriyentlar bilimini aniqlash uchun atroflicha suhbat o‘tkaziladi. 5151800-San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash bakalavrlik ta’lim yo‘nalishiga kiruvchi abituriyentlarning ijodiy (kasbiy) imtihoni baholash mezoni. Ijodiy ish 75,6 ball yagona baholash tizimi bo‘yicha baholanadi. Ijodiy ishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball mikdori 75,6 ball deb belgilanadi.
1 Mantiqiy muloxazasi, dunyoqarashi, kinematografiya savodi, animatsiya va multimediya san’ati xaqidagi tasavvuri. (0-5)
2 O‘zbek kino san’atining tarixi, yutuqlari va muammolari. (1-5)
3 Adabiyot, tasviriy san’at, musiqa haqidagi tushunchalar. (0-5)
4 Tasviriy va ekran obrazini yaratish, san’atdagi umumiylik va tafovut. (0-5) 5 Zamonaviy kinoda rang dramaturgiyasi xaqida tasavvuri. (0-5) 6 Zamonaviy kinoda rang dramaturgiyasi xaqida tasavvuri. (1-5) 7
qila olishi. (0-5) 8 Maxsus effektlar va postprodakshn dasturlaridan mukammal foydalana olishi. (1-10,6) 9 Syujet va kompozitsiyani musiqiy va shovqin yechimini hal etish uchun turli xil effektlar yaratish qobiliyati. (0-5)
10 Maxsus va murakkab tasvirga olingan video rolikni yoki qisqa metrajli filmlarni maxsus komyuter dasturlari yordamida loyixalash qobilyati. (0-5)
11 Televideniye san’atining sintetik xususiyati va badiiy asardagi tasviri. (1-5) 12 Ovoz, musiqa xamda shovqinlarni o‘zaro nisbati. (0-5) 13 Kino, teatr san’ati xaqida tushunchasi. (0-5)
5 14 Ovoz yozish va uzatish tarixi. (0-5)
Jami 75,6
5. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi 5151800 – San’atda animatsiyaviy va multimedyaviy loyihalash yo‘nalishi hujjat topshirgan abiturent jadval asosida belgilangan kunlarda yakka tartibda 1 akademik soat vaqti davomida bilet asosida amaliy ishlarni bajaradi va suhbat tarzida imthonini topshiradi. Yozma ishda qabul komissiyasi tomonidan shakillantirilgan guruhlar 30 nafar abiturientlardan iborat bo‘lib, ijodiy imtihon guruhlari boyicha o‘tkaziladi va yozma ishlar shu guruhlar tarzida o‘tkaziladi. Ijodiy (kasbiy) imthonlar maxsus qurollar bilan jihozlangan auditoriyalarda bo‘lib o‘tadi. Fan boyicha “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasidan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi.
Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo‘yicha institut qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash ha’atiga natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmunida faqat o‘zining ballari haqida bo‘lsa qabul qilinadi, lekin boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Download 34,83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling