Faol ruhiy ta'sir etish qobiliyati — boshqa kishilarga istehzoli kulgidan qat'iy buyruqgacha bo‘lgan vositalardan foydalangan holda ta'sir ko‘rsata olish.
Tashkilotchilik ishlariga bo‘lgan qobiliyat — bu o‘z ustiga ixtiyoriy ravishda tashkilotchilik majburiyatlarini yuklash bo‘lib, atrofni o‘rab turganlarning ixtiyoridan qat'i nazar, tashkilotchilik ishlariga mustaqil kirisha olish.
Tashkilolchi shaxsining yo‘nalganligi — bu tashkilotchining axloqiy qiyofasi, uning fuqarolik yetukligi, g‘oyaviy e'tiqodi.
Tashkilotchining individualligi. Tashkilotchilarning (shartli ravishda) “tashkilotchi-san'atkorlar”, “tashkilotchi-mutafakkirlar”, “tashkilotchi-amaliyotchilar” tiplari mavjud. “Tashkilotchi-san'atkorlar” boshqalarga jo‘shqin nutqi va imo-ishoralar, “qalb harorati”, istiqbol yutuqlarining obrazli suratlari bilan ta'sir ko‘rsatadi. Unda orzular, xayollar, hissiy ko‘tarinkilik nihoyatda ko‘p.
“Tashkilotchi-mutafakkirlar” isbot etish mantiqiga, tafakkurdagi izchilikka tayangan holda harakat qiladilar, ishdagi qonuniyatlarni topishga intiladilar. Hodisaning tashqi tomoni ikkinchi darajaga surib qo‘yiladi. Muhimi - mazmun, maqsadga muvofiqlik topish, ishning oqilona mohiyatini ko‘ra olish.
“Tashkilotchi-amaliyotchilar” o‘zlarining namunalari bilan ishtiyoq uyg‘otishga, qanday ishlashni isbotlash va gapirishdan ko‘ra, uni amalda ko‘rsatishga intiladilar. Ularni amaliy tirishqoqlik, asoslilik ko‘proq xarakterlaydi.
Sinf rahbarining ish faoliyati:
O‘quv yili boshida: Sinf ro‘yxatini tuzadi va jurnalni rasmiylashtiradi (o‘quv haftasining birinchi yarmida);
o‘quvchilar bilan hamkorlikda guruhning ish rejasini tuzadi va maktabning ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan muvofiqlashtiradi (sentabr oyi ichida).
sinf jurnalida qatnashmayotgan o‘quvchilarni belgilaydi, ularning darslarga qatnashishlari bilan qiziqadi;
sinf o‘quvchilarini o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga pedagogik yordam ko‘rsatadi;
o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishini nazorat qiladi;
sinfda navbatchilikni joriy etadi va uni nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |