Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati. Reja: Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar


IV. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatga jalb etish bo‘yicha


Download 217.95 Kb.
bet17/21
Sana16.06.2023
Hajmi217.95 Kb.
#1508896
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
TIM 2-MA\'RUZA 2022-2023

IV. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatga jalb etish bo‘yicha:O‘quvchilarni har tomonlama kamol toptirish, ularni qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab fan to‘garaklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o‘lkashunoslik yo‘nalishidagi to‘garaklarga, klublarga jalb etish;
Qobiliyatli va iste'dodli o‘quvchilarni rabatlantirish, iqtidorli bolalar ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
O‘quvchilar dunyoqarashini milliy madaniyatning asosi bo‘lgan musiqa va qo‘shiq, raqs, kino, adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me'morchilik kabi xalq amaliy san'ati turlari vositasida kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga jalb etish;
O‘quvchilarni yozgi solomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, shuningdek kuzgi, qishki va bahorgi ta'tillarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sharoit yaratish;
O‘quvchilarning madaniy dam olishlari, sayohatlarini uyushtirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash;
Maktabda o‘tkaziladigan turli tadbirlar (bayramlar, ko‘rik tanlovlar, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar)da o‘z sinfining faol ishtirokini ta'minlashdir.
V.O‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida: Sinf jamoasi bilan birgalikda sinf faollarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy soatlarni belgilash, o‘quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish;
Sinfda o‘quvchilarni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sinf jamoasining ehtiyoj va qiziqishlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish;
Har bir o‘quvchining o‘zi uchun kun tartibini tuzishlarni tashkil etish, bu tartibning bajarilishini nazorat qilish;
O‘quvchilarning o‘zini - o‘zi boshqarish tuzilmalarini, jumladan, O‘zbekistonda Yoshlar ijtimoiy harakati, «Kamalak» bolalar tashkiloti, bolalar yetakchisi, o‘quvchilar ijodiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, «Kamalak» bolalar tashkilotining faoliyati, asosiy mazmun-mohiyati va jamiyatdagi mavqyeini tarkib toptirish;
«O‘zbekiston» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti hamda «Kamalak» bolalar tashkilotlarining hisobot saylov yig‘ilishlarini belgilangan tartibda o‘tkazilishida sardorlikga amaliy yordam berish;
O‘quvchilar huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va maktablar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan qonun hujjatlari haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish;
Bolalar va o‘smirlar uchun chop etiladigan gazeta va jurnallarni e'tirof etish, obunani tashkil qilish, sinf devoriy gazetasini chiqarilishiga ko‘maklashish.

Download 217.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling