Maktabdan tashqari ta’lim
Maktabning majburiyatlari
Download 307.59 Kb.
|
MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab faoliyatini tashkil etish
. Maktabning majburiyatlari:xalq ta’limi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa hujjatlari, ko‘rsatmalarini bajarish; o‘z Ustavida nazarda tutilgan vazifalarni ijro etish; maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablari, belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv qo‘llanmalari va dasturlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish; o‘quvchilarning maktabdan tashqari ta’limga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, nazarda tutilayotgan to‘garak a’zolari kontingentini aniqlash; o‘quv rejasini tegishli xalq ta’limi organlari bilan kelishish; ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan tartibda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga hamda xavfsizlik qoidalariga muvofiq tashkil etish; bino va inshootlar, yer uchastkalari, to‘garak xonalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijaraga berish; Maktab faoliyatini tashkil etishMaktab ko‘p tarmoqli bo‘lib, u faoliyat yuritadigan hududning o‘ziga xos xususiyati, o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan texnik ijodiyot, badiiy ijodiyot, yoshlar turizmi va ekologiya, xorijiy tillar, sport, maktabga va oliy ta’lim muassasalariga tayyorlov, shuningdek ota-onalar xohishlaridan kelib chiqib, Vazirlik bilan kelishuv asosida boshqa yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan holda faoliyat ko‘rsatadi.Maktab 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi va pullik xizmatlar ko‘rsatadi.Maktab tomonidan pullik xizmat asosida tashkil etiladigan to‘garaklarga 6 yoshgacha va 18 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar ham jalb qilinishi mumkin.Maktabda tashkil etiladigan to‘garak mashg‘ulotlari maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq tegishli o‘quv dasturlari asosida sinflarga bo‘lib o‘tkaziladi. To‘garak mashg‘ulotlari o‘quv dasturlari talablariga ko‘ra butun o‘quv yili uchun hamda qisqaroq muddatlarda ham tashkil etiladi. Maktabda to‘garak mashg‘ulotlari o‘quv yilining 15-sentabridan boshlanib, 25-mayida yakunlanadi. Yozgi ta’til kunlarida Maktab tomonidan to‘garak mashg‘ulotlari alohida reja asosida (o‘quvchilarni sayohatlarga olib chiqish, turli to‘garaklar, pullik oromgohlarni tashkil etish, festival va tanlovlar tashkil etilishini o‘z ichiga olgan holda) tashkil etiladi.Download 307.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling