Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda hayot xavfsizligi madaniyatini shakillantirishning psixologik xususiyatlari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana30.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1657736
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-21 (1)



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
15 
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA HAYOT 
XAVFSIZLIGI MADANIYATINI SHAKILLANTIRISHNING PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI
 
Muratova Munavvar O’rol qizi 
Nizomiy nomidagi TDPU o’qituvchisi 
munavvarmuratova1@gmail.com 

ANNOTATSIYА: Maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha 
katta yoshdagi bolalarda hayot xafsizligi madaniyatini shakillantirishda ta’lim 
muhitini pedagogik loyihalashtirishning amaliyotdagi holati bayon etilgan. 
KALIT SO‘ZLAR:Pedagog, hayot xavfsizligi, muhit, hamkorlik, faslitator, 
ta’lim-tarbiya, tashabbuskorlik, rivojlantirish, hamkorlikdagi yondoshuv. 
ANNOTATION: The article describes the practical situation of the pedagogical 
design of the educational environment in the formation of the culture of life safety in 
preschool children in the preschool education organization 
АННОТАЦИЯ: 
В статье описывается практическая ситуация 
педагогического проектирования образовательной среды при формировании 
культуры безопасности жизнедеятельности у дошкольников в дошкольной 
образовательной щрганизации. 
KIRISH 
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali 
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini 
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va 
texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va 
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimizda tub 
islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va 
sog’ligini muhofaza qilish ularni yetuk va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash hozrgi 
kun zamon talabi hisoblanadi. 
Maktabgacha ta’lim tizmini takomillashtirish, uni jahon ta’lim standartlari 
talablari darajasiga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri bо‘lib 
kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, bolalari kamolga erishgan 
davlatlar taraqqiyotida bu omil о‘ziga xos о‘rin tutadi. 
Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga
qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror
topadi. Zamonaviy ta’lim konsepsiyalari asosida ta’lim- tarbiya jarayonini
yuksaltirish, milliy g‘oyani ro‘yobga chiqaradigan barkamol avlodni voyaga
yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. 



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling