Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalarinig aspektlari. Creative in children of preschool age aspects of skills development technologies


Download 103.22 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi103.22 Kb.
#1590866
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
zuxra Tirkashevna


Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalarinig aspektlari.
Creative in children of preschool age aspects of skills development technologies.
Qo‘qon universiteti,
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
…………
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha jahon tajribalari o‘rganilgan va tahlil qilingan. Tahlil qilingan ma’lumotlardan esa mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tizimiga kiritish mumkin bo‘lgan jihatlariga katta e’tibor qaratilgan. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Rossiya, Finlandiya, Koreya davlatlari tajribalari chuqur o‘rganilgan. Bu davlatlarning maktabgacha ta’lim tizimida ijodiy qobiliyatlarni, xususan, dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodlar tahlil qilingan va O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish mumkin bo‘lgan jihatlari keng yoritilgan. Bu ma’lumotlar bilan maqolaning asosiy qismida tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklar o‘rganilib, ularga yechim va tavsiyalar berilgan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha jahon va o‘zbek olimlarining olib borgan tadqiqot ishlari o‘rganilib, amaliyotga tadbiq qilinishi haqida tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, dizaynerlik, ijodiy rivojlanish, individual qobiliyatlar, “Men” konsepsiyasi, kompitensiya, xalqaro tajriba, jamoaviy ishlash, ota-ona hamkorligi, irsiy moyillik.
Key words: preschool education, design, creative development, individual abilities, The concept of «I», competence, international experience, teamwork, parental cooperation, hereditary predisposition.

Kirish (Introduction).
Mavzuning dolzarbligi.
“Har qanday ishda ijodkorlikni joriy qilish qobiliyatini tarbiyalash pedagogikaning asoslaridan biri bo‘lib qoladi. Agar ijodiy mehnatga bo‘lgan ehtiyoj shaxsning ajralmas mulkiga aylanmasa, u holda umumiy farovonlik va ish kunining tobora qisqarishi sharoitida odam to‘yish, vayronagarchilik va ruhning falajlanishi xavfi ostida qoladi”.
Daniel Andreev. “Dunyo guli».
Ijodiy qobiliyatlar maktabgacha yosh davridayoq o‘zini namoyon qila boshlaydi va u bolaning keyingi rivojlanishiga katta ta’sir korsatadi. Maktabgacha yosh davri - bu o‘yinlar, o‘z-o‘zini bilish, izlanish, ijod qilish, rivojlanish davridir. Shaxsiy qobiliyat masalasi esa psixologiya, pedagogika, fanlarida eng ko‘p o‘rganiladigan muammolardan biridir. Nafaqat fan doirasida, balki, mamlakat miqyosida ham keng ko‘lamdagi islohotlarga sabab bo‘lmoqda. Bunga ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g’risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining buyrug’i. “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3032.1
Aytish mumkinki, shaxsning irsiy qobiliyatini rivojlanishi masalasi 1960-yillardan boshlab yuqorida keltirilgan fanlar ichida va shu fan doirasida tadqiqot olib boruvchi olimlar tomonidan keng va chuqur o‘rganilib kelinmoqda. Zero, iste’dod insonning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini belgilashda, uni kasb-hunarga yo‘naltirishda va hayotda o‘z o‘rnini topishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Psixologik va pedagogik ta’limotlarning mohiyatiga ko‘ra, har bir shaxs tug’ulgandan keyin u yoki bu faoliyatni tashkil qilish haqidagi qobiliyatini namoyon qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, irsiy omillar shaxsning muayyan qobiliyatni shakllantirish va bu qobiliyatini rivojlantirishga katta ta’sir qiladi. Biroq, uning keyingi rivojlanishi bevosita ta’lim va tarbiyani qanday berilishi, uning samaradorliligi, bolaga beriladigan e’tibor va natijalariga bog’liqdir.

Download 103.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling