Maktabgacha pedagogika fanidan kurs ishi
II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY URF- ODATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VOSITALARI VA SHAKLLARIDAN FOYDALANISH
Download 333.01 Kb.
|
G
II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY URF- ODATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VOSITALARI VA SHAKLLARIDAN FOYDALANISH.
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy urf- odatlarni shakllantirishning pedagogik vositalari Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarining milliy shakllarini rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardandir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to’tgan xolda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatida namoyon bo’ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Qadriyatlar o‘zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linadi. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yuq joyda biron narsaning qadr qimmati haqida so‘zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o’zgarishlarning, islohotlarning archasi kishilar hayoti to‘q, boy, go‘zal bo’lishi, inson o’zini chinakam erkin his etishi, o’z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o’z mamlakatining egasi bo’lishini ta’minlashga qaratilgandir. Maktabgcaha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodlarimizga el-u yurt, xalq, millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuxratini yanada oshirish, ilm-u fanni va madaniyatini, ajdodlarimiz boy merosini, tarixi, dini va qadriyatlarini o’rganish, munosib baholash borasidagi tarbiyachilarimizning faoliyatlari katta axamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, milliyma’naviy, etnik qadriyatlarni yoshlar ongiga samarali singdirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida milliylik va milliy ma’naiy qadriyatlar uyg’unligi mavzusida olimlar, yozuvchi va shoirlarning xayoti va ijod yo’liga oid bo’lgan videofilmlarni qo’yib ko’rsatib borsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. Shu bilan birga diniy qadriyatlarimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biz xammamiz. “Alxamdullox, musirmon”, deb e’tiqodimizni e’tirof etamiz. Olloh barchamizning qalbimizda, yuragimizda, yaratganni doim yod etamiz, undan madad so‘raymiz, binobarin islom dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib ketgani. Bu - inkor etib bulmaydigan hakikat. Shunday ekan farzandlarimizni muqaddas dinimizning mohiyati, uning insonparvarlik g‘oyalari, dinga sog‘lom munosabat masalalarini ular ongiga singdirishimiz zarur masalalardan biridir. Shu tariqa farzandlar tarbiyasidagi birinchi maqsadimiz bu xalqimizning qadimiy va boy tariximiz, yuksak madaniyatimiz va urf -odat, qadriyatlarimizga asosan mintolitetimiz asosida hayotga moslashishi, komil inson tarbiyasidagi buyuk maqsaddir. Bu insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Ushbu qadriyatlar milliy xususiyatlarni o‘zlashtirishi tavsiya etish mumkin: xalqimiz hayotida qadim qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining ustunligi; jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el yurt tushunchalarning muqaddasligi; ota- ona, mahalla -kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat e’tibor; millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat; kattaga hurmat, go‘zallik va nafosat; sabr - bardosh va mexnatsevarlik; halollik, mehr oqibat. Kabi masalalar ta’limning mazmuni bo‘lishi davr talabidir. Bugun biz ko‘pdan ko‘p masalalar ustida bosh qotirayapmiz. Jamiyatimiz rivoji uchun o‘z hissamizni boricha qo‘shishga harakat qilmokdamiz. Bularning hammasi kelajak avlod farzandlarimiz baxti saodati uchun. Albatta, shu o‘rinda ulg‘ayayotgan to‘la qonliga qabul qilishga tayyorlashimiz ham kerakdir. O‘zbek xalqi o‘ziga xos milliy urf-odat, an’analari, jasur, qahramon farzandlari, ilm-fan va san’at, davlat va jamoa buyuk namoyondalari, ona-Vatani bilan fahrlanadi. Zero, o‘tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, fidoyilik, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur urf odatsining shakllanishi va barkaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu sababli ham milliy g‘urur ramzi bo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi, o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab, boyitib o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur urf odatsini shakllantirishga xizmat qiladigan boy ma’naviy merosga egamizki, bu meros yoshlarda milliy g‘urur urf odatsini shakllantirish uchun muhim didaktik vosita bo‘lib hizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida buyuk siymolar, ertaklar, dostonlar, afsonalar, hadislar, maxsus risolalar, bukletlar tarzida taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Tarixga nazar solar ekanmiz, xalk baxt-saodati, tinchligi, ozodligi yo‘lida o‘z hayotini bahshida etgan vatandoshlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, insonparvarlikni ko‘ramiz, u bilan faxrlanamiz. Masalan, Jaloliddin Manguberdi ona Vatan, xalk dahlsizligi uchun qayg‘urdi. Uning ana shunday ma’naviy barkamol, yorqin jasoratli qiyofasi asrlar osha avlodlar qalbida saqlanib qoldi. Jaloliddin Manguberdi - vatanparvarlikning jonli timsoli bo‘ldi. U o‘z yuragidagi Vatanga bo‘lgan otashin muhabbatdan kuch olib, dushmanga dahshat soladi. U o‘n yildan ortiq olov ichida ot suradi, Sind daryosining ajal ufurib turgan domidan tirik chiqib ketadi. Dushman 1231-yilda Jaloliddinni g‘aflatd a qoldirib, yelkasiga nayza sanchadi. Uning ko‘zi Jaloliddin belidagi sanochga tushadi. U Jaloliddinnning belidan tikmachoq xaltani oladi, bag‘riga bosib, bir dunyo boylikka ega bo‘ldim, deb sevinadi. Ammo bu boylik Jaloliddin asrab yurgani Xorazmning bir siqim tuprog‘i edi. Shunday yetuk sarkardalardan biri Sohibqiron Amir Temur (1335-1405) bir umr haqiqat uchun kurashdi, uning shiori ham "Rusti-rosti" - "kuch adolatda" degan ma’noda edi. Shuning uchun ham uning adolat qilichi bir umr sinmay, doim zafar keltirdi. U ona Vatanni mo‘g‘ul bosqinchilaridan halos etdi. Amir Temurning o‘z ona xalqi oldidagi birinchi eng buyuk, eng muqaddas va olamshumul xizmati mo‘g‘ul istilochilari zulmidan vatanni ozod etishi bo‘ldi. Ikkinchi ulug‘ xizmati - ulkan davlatni tuzishdir. "Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir!", Amir Temurning xalqqa bo‘lgan muhabbatini ana shu otashin va ezgu so‘zlaridan ham bilish mumkin. Sohibqiron har qachon qayerda va qanday vaziyatda bo‘lmasin xalkning dardlariga darmon bo‘lishni eng oliy maqsad deb biladi. U o‘z xalqini sevgan va ona Vataniga sadoqatli odamlarni izzat- hurmatda tutgan, hatto bu mavzudagi vokea-hodisalarni faxr bilan so‘zlab, ko‘plarga ibratmatal tarzida o‘qtirgan, o‘zi esa bunga qatiy amal qilgan. Sohibqiron davlatni boshqarishda o‘z atrofiga halol, diyonatli, ishning ko‘zini biladigan odamlarni tanlab, haq yo‘lini tayin etib qo‘yadiki, xatto o‘zi ham davlat ishlarida biror xato-kamchilikka yo‘l qo‘ysa, ogohlantirishlarini aytadi. Amir Temur bobomiz buyuk imoratlar barpo etadi va ularni ulkan bog‘u rog‘lar bilan o‘raydi, shahar va qishloqlarni tiklaydi, suv inshootlari barpo etadi. Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi an’analar Amir Temur davrida gullab - yashnaydi va mangu umr topadi. Amir Temur mamlakat obodonchiligiga shu qadar alohida e’tibor beradiki, u Shahrisabzni ham obod qiladi. Oqsaroy, Dor ut - saodat, Dor ut-tilovat, Gumbazi Sayidon kabi mahobatli qasrlar va maqbaralar quriladi. Masjid, Madrasa, karvonsaroy va hammom kabi jamoat binolari barpo etiladi. Amir Temur nafaqat Movarounnahr va Turkiston, balki boshqa mamlakatlarda ham qal’alar (Afg‘oniston), qasrlar, shaharlar va nahrlar (Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston) qurdiradi. Amir Temur ihlos- e’tiqod bilan Turkistonda Ahmad Yassaviyga maqbara qurdiradi. Toshkent viloyatidagi Zangiota maqbara- xilxonasini ta’mirlab, go‘zal va fasoxatlix, olg‘a keltiradi. Amir Temur dildagi go‘zallik va yuksaklikka bo‘lgan muhabbat uning ona Vatani va xalqiga bo‘lgan buyuk sevgisi, sadoqati va adolatidan tug‘iladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik urf odatlari ularning ba’zi harakatlarida aks etib turadi. Lekin ularda Vatan, milliy g‘urur haqidagi fikrlar cheklangan. Ular Vatan va Vatanni ulug‘lovchi she’r, xikoya va ertaklarni bilishad-yu, milliylikning mohiyatini yaxshi anglashmaydi. Bu urf odatlarni tarbiyalash yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi tadqiqot jarayonida aniqlandi. Demak, Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun: milliy g‘urur, urf-odat va an’analarimizni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish; maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish; umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish zarur. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur urf odatsini o‘stirishga qaratilmagan. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish uchun bu jarayonning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik- psixologik omillarni aniqlab olish taqozo etiladi. Download 333.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling