Maktabgacha pedagogika fanidan kurs ishi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy urf- odatlarni shakllantirishning shakl va metodlari


Download 333.01 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi333.01 Kb.
#1563099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy urf- odatlarni shakllantirishning shakl va metodlari:

  1. Bolalarni xalq og‘zaki ijodi bilan tanishtirish.

Maqsad: Vatan urf odatsini bolalarga ona allasi, bobolar o‘giti oila tarbiyasi bilan singdirish.

  1. Buyuk siymolar bilan tanishtirish. Maqsad: bolalarga ota-bobolarini tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo‘lsinlar, ota-bobolardan faxrlansinlar. Bolalarga vatan urf odatsini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish.

  2. Navoiyxonlik xaftasi rejasini tuzish. Maqsad: bolalar qalbini Navoiy ijodi bilan sug‘orish. Bolalarni ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish.

  3. Konstitutsiya saboqlari bilan tanishtirish. Maqsad: Ahloq va huquqiy tushunchalarining uzviy birligini anglashlik, odob-ahloq, meyorlariga qat’iy amal qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.

  4. Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san’at namunalari, milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish-tovoqlar haqida ma’lumot berish.

  5. Ma’naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident, madhiya, bayroq, gerb, haqida qisqacha ma’lumot berish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari milliy g‘urur tushunchasini anglashining ahamiyati kattadir. Milliy g‘urur tushunchasini anglashning tiklanishi esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Bu hikmatli so‘zlar bir qarashda ota-onalarga qarata aytilgan fikrdek tuyuladi. Biroq, uning mantiqiy ma’nosi pedagog-tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liqdir.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari, tashkilotda tarbiyalanayotgan bolalar bilan o‘z farzandlari kabi yaqin bo‘lmog‘i lozim. Chunki, ular ham ota-ona, ham pedagog-tarbiyachi vazifasini o‘taydilar. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi tarbiyachilar o‘z tarbiyalanuvchilariga nisbatan o‘ta shirinso‘z, muloyim, xushmuomlali va ayni chog‘da, talabchan bo‘lishlari zarur.
Qomusiy olim Al-Beruniy o‘kitishda «o‘quvchining qiziqishi va intilishi hisobga olinishi va muallim o‘z shogirdiga xushmuomalali bo‘lishini ta’kidlaydi».
Sharq mutafakkirlari asrlar mobaynida o‘z ijodi va faoliyatlari bilan yoshlarga ibrat bo‘lib kelishmokda. Ularning qoldirgan badiiy-estetik meroslari, biz tadqiqot-tajriba ishlari olib borayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida, Vatanga mehr-muhabbat, umuminsoniy, milliy qadriyatlarimiz bilan g‘ururlanish va ularni avaylab-asrash, ravnaq toptirishga intilishlari uchun muhim manbalardir.
Darhaqiqat, sharqona ahloq-odob, vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, rostguylik, hiyonat har tomonlama barkamol insonning ma’naviy qiyofasidir. Shuningdek, ma’naviyati yuksak inson xdromdan xalolni farklab olib, haromga, poklik bilan nopoklikni ajratib, nopoklikka, hiyonatdan diyonatni ajratib, hiyonatga, adolatsizlikka qarshi kurasha oladi.
Mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular bilan bog‘lik urf-odatlari haqida o‘z asarlarida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. Ularda „Navro‘z”, „Mehrjon”, Qurbon xayiti”, „Ramazon xayiti” kabi bayramlar haqida ma’lumot berganlar. Bu bayramlar insonlarni bir-biriga mehr-muruvvatli, xayr-saxovatli bo‘lish, yetim-yesirlar, qarindosh-urug‘lar holidan habar olish, o‘zbekona odatlarimizga sodiqlik, Vatanni sevish va ardoqlash, u bilan g‘ururlanish kabi his-urf odatlarni shakllantirish muhim hisoblanadi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, qo‘shiq) namunalari xalkning turmush tarzi, ahloq-odobi, urf-odatlari, an’analari, diniy e’tiqodni o‘zida mujassam etadi. Orzu-umidlarni, mehnatga ijobiy munosabatni, vatanparvarlikni, sadoqatni, erk va ozodlik yo‘lidagi mardonavor kurashni, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, kelajakdagi farovon turmushga ishonchni ifodalaydi.
Xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan biri afsonalardir. „Iskandarning shoxi bor”, „Luqmoni hakim”, „Shirin qiz”, „Yolg‘on so‘z siri”,
„Tilla baliq tog‘i” kabi afsonalar azaldan sharq xalqlarining tabiatiga xos mardlik, vatanparvarlik, xalkparvarlik, adolat, erksevarlik, vafodorlik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Rivoyatlar esa mavjud hayotiy ma’lumotlarga tayangan holda, badiiy tuqimalar orqali insoniy qadriyatlar, insonning ezgu orzu-umidlari, armonlari, quvonchlari, tashvishlari, g‘am-qayg‘ulari, ehtiroslarini aks ettiradi. Rivoyatlar negizida tarixiy shaxslar hayoti, ma’naviy faoliyati yotadi.
Masalan, Jaloliddin Manguberdi Vatanni tashqi dushmandan himoya qilgan va jonini fido etgan, Amir Temur o‘z xalqi, Vatanning osoyishtaligi, uning milliy g‘ururi yo‘lida jang qilgan, Bobur o‘z Vatanidan yiroqda bo‘lishiga qaramay, o‘z xalqini, Vatanini e’zozlab, ularni qumsab yashagan. Navoiy, Nodira, Uvaysiy kabi mutafakkirlarimizning insoniyligi, buyukligi, Vatanga hurmati, mehr-muhabbatini ifodalovchi qator rivoyatlar mavjud.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishda shakllarida, xalq og‘zaki ijodining marosim qo‘shiqlari ham alohida o‘rin tutadi. Marosim qo‘shiqlari insonlarning tabiatga, voqelikka estetik munosabatlarini bildiruvchi tasavvurlari, ishonchlari, orzu-umidlari, ahloqiy qarashlarini shakllantirishga yordam beradi.
Ertaklar esa ta’sirchan janr bo‘lib, bolalarning ruhiy va yosh xususiyatlariga ko‘ra, ma’naviy ongiga, faoliyati mazmuniga, hissiyotiga ijobiy ta’sir etadi. Ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq bilgan bola unda ko‘tarilgan g‘oyaning asl mohiyatini tushunadi, ertaklarga xos badiiy to‘qimalardagi voqea-hodisalardan hayotiy xulosa chiqarishga o‘rganadi. Ma’lumki, ertaklarning g‘oyaviy yo‘nalishini adolat, jasurlik, qahramonlik, ezgulik, insonparvarlik, farovon hayot, vafo, xalqparvarlik kabi ma’naviy tushunchalar tashkil etadi. Shuning uchun ham momolarimiz, bobolarimiz o‘z nabiralarini doimo ertak bilan siylashgan.
Xalq dostonlari xalq ma’naviy qadriyatlari, an’analari mujassamlashtirilgan xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lib, unda musiqa bilan she’riyat uyg‘unlashgan. Dostonlarning g‘oyaviy va ma’rifiy ahamiyati shundaki, ularda yuksak go‘zallikka va baxt-saodatga erishishning birdan-bir yo‘li maqsadlar sari qat’iy intilishdan, sabr-chidam, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan iboratdir, degan g‘oya ilgari suriladi. Dostonlarda milliy g‘urur urf odatsi kuylovchi va tinglovchi o‘rtasidagi badiiy-estetik muloqot shakllanadi.
Milliy urf- odatlarni shakllantirishda samarali ta’sir etuvchi shakllardan yana biri - latifalar asosida tarixiy voqealar, maishiy hodisalar yotadi. Ziyraklik, o‘tkir hajv, hozirjavoblik, hajm jihatdan ixchamlik, mazmunan teranlik latifalarning asosiy tamoyili hisoblanadi. O‘zbek xalq latifalarining asosiy qahramoni Nasriddin afandi qiyofasi orqali nodonlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, munofiqlik, ochko‘zlik, ayyorlik, ishyoqmaslik kabi ma’naviyatga zid illatlar qoralanadi. Go‘zallik, donolik, zukkolik, rosguylik, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, himmat, mehr- oqibat, saxiylik, ilmlilik, insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlar ulug‘lanadi. □
Maqol va matallar esa turli millat kishilarining ma’naviy yetuklik, zukkolik belgisi bo‘lib, ularning tub mohiyatlari, orzu-armonlari umumiyligining ko‘rsatkichlaridir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarda milliy urf odatlarni shakllantirish maqsadida olib borilayotgan tadqiqot - tajriba ishlari jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, milliy turmush tarzimizga yot bo‘lgan “jangari“ o‘yinchoqlar, mul’tfil’mlar, kinofil’mlardan imkon qadar foydalanmaslik, aksincha Sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o‘yinlar, o‘yinchoqlar, rasmli kitobchalar, milliy ertaklar asosida yaratilgan mul’tfil’mlar, bolalardagi ilk yoshlikdan mafkuraviy karashlarning tug‘ri shakllanishida qo‘l keladi.
So‘rovnoma-suhbat: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bilan mashg‘ulotda, milliy g‘urur, vatanparvarlik mavzularida suhbatlar tashkil kilish, tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, ularning erkin, mustaqil fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqil tafakkurni tarbiyalash bo‘yicha: “Vatanparvarlik o‘z o‘lkasini o‘rganish”, ’’Mustaqil vatanim seni kuylayman”, Yosh avlodni O‘zbekiston madhiyasi, gerbi, bayrog‘i, Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash”, Ona Vatan mustaqil O‘zbekistonga sodiq bo‘lish”.
Pedagog-tarbiyachilar ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga oshiradigan ishining mazmuni, metodlari bilan tanishtirib borishi, oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o‘zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanishi lozim.
Bolalarda mustaqillikni tarbiyalash, madaniy xulq odatlarini shakllantirish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatda bo‘lish, faoliyat madaniyatini shakllantirish, buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, bolalarnnng yoshiga xos bo‘lgan yaxshilik, to‘g‘rilik, haqqoniylik, jasurlik, kamtarlik kabi ahloqiy tasavvurlarni shakllantirish lozim.
Milliy urf odatlarni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarbiyalashda ta’lim-tarbiya muassasalari, jismoniy tarbiya va sport, oila muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish asosida ularni ijtimoiy hayotga, oilaviy turmushga jamiyatning faol ishtirokchisi va mustaqillikni, hukukiy fuqarolik asosidagi demokratik jamiyatni mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladigan barkamol inson kilib yetishtirish birinchi navbatdagi vazifadir.
Ona yurtiga, shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan muhabbat dastlabki vatanparvarlik hislarini o‘yg‘otishga asos bo‘ladi. Bolalarni tanishtirish uchun hamma yerda diqqatga sazovor joylari bor. Hamma oilalarda umumxalq bayramlari bo‘lgan navro‘z, hayit va boshqa kunlar keng bayram qilinadi.
Bolalar ham bu bayramlarda qatnashadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga har bir bayram va tantananing ahamiyati ularning yoshlariga mos holda tushuntiriladi. Bu yerda tarbiyachining eng muhim vazifasi - bolalarning hissiyotlariga ta’sir etib, ularda o‘z halqidan, uning qadriyatlarida g‘ururlanish hissini o‘yg‘otish, mehnatsevar odamlarga xurmat va axloqiy tarbiyani tarbiyalashga o‘rgatishdir.
Axloqiy sifatlarni shakllantirish quydagi yo’nalishlarda bajarilsa, uning samaradorligi yanada oshadi:
-maktabgacha ta’lim tashkiloti o’zining barcha tarbiyaviy faoliyatini oiladagi tarbiya jarayoniga izchil yo’naltira olsa;
- tarbiyachilar jamoasi oila bilan o’zaro hamkorlikda milliy qadriyatlar asosida axloqiy sifatlarni tarbiyalash talablarini to’g’ri tashkil eta olsa;
- mahalla, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila, jamoatchilikni tarbiya jarayonida bir maqsadga yo’naltira olsa;
- oila an’analari, udumlari va urf-odatlaridan foydalanishda maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyachilar hamda bolalar hamkorligi o’rnatilsa.
Bu masalalarni ijobiy hal etishda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari, mahalla qo‘mitasi, xalq ta’limi bo’limlarining tarbiyaviy imkoniyatlari kengayayotgan davrda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Demak, mamlakatimizda umumiy ta’lim-tarbiya mazmunini sifat jihatdan tibdan isloh qilish, aniqrog’i, yangilash asosida bolalarni har tomonlama kamol toptirish uchun alohida tarbiyaviy bilim berishni har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarish bizning muqaddas burchimizdir

Xulosa


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma'rifiy-madaniy tarbiyasida tabarruk dinimiz imkoniyatlari, buyuk ma’naviy-ma’rifiy mеrosimizdan foydalanish birinchi masala darajasiga olib chiqish, esa maqsadga muvofiqdir.
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo’lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo’lishiga zaruriyat seziladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo’nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. Milliy urf odatlar, g’urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik urf odatsi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o’z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo’lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo’lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o’z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o’zining ona tili, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini mukammalbilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo’lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo’ladi.
Kursni tugatish ishi kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.

  1. bobda maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirishning nazariy pedagogik asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirish pedagogik muammo sifatida, milliy urf odatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf odatlarni shakllantirishning mavjud holati keng yoritilgan.

  2. bobda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishda pedagogik vositalar va shakllardan foydalanish bo’lib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishda pedagogik vositalar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarkib toptirish shakllari ochib berilgan.




Download 333.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling