Maktabgacha ta’lim asoslari-i fanidan 1- mustaqil topshiriq


Download 32.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi32.76 Kb.
#1787457
  1   2   3
Bog'liq
MT asosalari



MAKTABGACHA TA’LIM ASOSLARI-I 
Fanidan 1- Mustaqil topshiriq 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi 
X. M. Xo‘jamatova 


Maktabgacha ta’lim asoslari-I fanidan 1-mustaq il ta’lim yoʻriqnomasi 
 
 
Maktabgacha ta’lim asoslari fanining umumiy asoslari” mavzusini 
quyidagi texnologiyalar asosida topshiriqni bajaring 
1) “Zinama-zina” texnologiyasi asosida “Maktabgacha ta’lim asoslari-I 
fanining boshqa fanlar bilan aloqasi” mazmunini ko‘rsating va uni izohlang 
Maktabgacha ta’lim 
asoslari fanining fanlar 
bilan aloqasi 
Mazmuni 
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash maʻlum 
pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon 
bo‘lish 
qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga maʻlumki, 
pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning 
umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator 
fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtai 
nazardan maktabgacha pedagogika fani bilan quyidagi 
fanlar 
o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud 
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik 
xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash 
hamda taʻlimotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni 
tahlil etishga imkon beradi. 
2. Iqtisod – maktabgacha taʻlim tashkilotlarining faoliyatini yo‘lga 
qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, taʻlim-tarbiya jarayonlarini tashkil 
etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan 
jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat
qiladi. 
3.Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida 
maʻlumotlarga ega bo‘lish 
asosida taʻlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali 
tashkil etish uchun imkoniyat 
yaratadi 
4. Etika–shaxs maʻnaviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong 
va ma’naviy-axloqiy 
madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik 
jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin 
tutadi 


5. Estetik–shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda 
estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi 
6. Fiziologiya–o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik 
xususiyatlarini inobatga olinishi uchun 
boshlang‘ich asoslarni beradi 
7. Gigiyena–bolalarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to‘g‘ri 
shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi 



Download 32.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling