Maktabgacha ta’lim bo’limi Davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti
Download 20.98 Kb.
|
1 2
Bog'liq2021 YOZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon:_______________________ Tarbiyachilarga tavsiyalar
- Maktabgacha ta’lim tashkilotida COVID-19 pandemiyasi sharoitida o’quv tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishga qaratilgan vazifalar
___________________________ ____________________________ Maktabgacha ta’lim bo’limi _____-Davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti ______________guruh tarbiyachisining 2020-2021 o’quv yili uchun YOZGI SOG’LOMLASHTIRISH OYLIGI UCHUN ISH JURNALI Tarbiyachi:_________________________ ____________________________________________________________________ (familyasi,ismi,sharifi) Telefon:_______________________ Tarbiyachilarga tavsiyalar Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ushbu ish jurnali tashkilotda faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar uchun yaratilgan. Mazkur xujjatni yuritishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi talablarini bajarish asosida ertalabki soat, sayr, kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan yakka tartibda ishlashni loyihalashtirishdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni rejalashtirish bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etishning negizi hisoblanib, uning yordamida tarbiyachilar ta’limiy vazifalar, tarbiyalanuvchilar bilan birgalikdagi ish shakllari, rivojlantiruvchi muhitga kiritish lozim bo‘lgan o‘zgartirishlarni belgilab oladilar. Rejalashtirish tarbiya jarayonida individual yondashuvni amalga oshirish, bolalarga axborot va jismoniy vazifalarni me’yorlash imkonini beradi. Ish rejasining bajarilganligini tahlil etish bolaning rivojlanish sur’atini kuzatish va ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida COVID-19 pandemiyasi sharoitida o’quv tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishga qaratilgan vazifalar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bolalarning salomatligi va gigyenasiga e’tibor berish orqali, to’liq rivojlanishni qo’llab-quvvatlash tamoyillariga rioya qilgan holda, bolalarga qulay va havfsiz muhitni ta’minlashi zarur; Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bolalarga ta’lim berish va parvarishlash dasturlarini amalga oshirish jarayonlarida sog’liqni saqlash va xavfsizlik chora-tadbirlari, sog’lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirishi kerak; Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari o’quv jarayonini takomillashtirish, COVID-19 pandemiyasi bilan bog’liq yangi holatlarga moslashishi kerak va tarbiyalanuvchilarga, ta’lim mobaynida o’yinlardan foydalangan holatlarda kasallikdan saqlanish bo’yicha foydali ko’nikmalarni o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishlari lozim. O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini COVID-1 pandemiyasi sharoitida qayta tiklash bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari uchun qo’llanmasidan. Download 20.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling