Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun


Bola: - Boshda fikr nuri-gavhar, Bolalarga ustoz sarvar. Qalbi toza gullar qadar, Hamma: -


Download 1.25 Mb.
bet4/6
Sana14.03.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1266724
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Navro\'z bayrami ssenariysi (Navro\'z bahor ba

Bola: - Boshda fikr nuri-gavhar,
Bolalarga ustoz sarvar.
Qalbi toza gullar qadar,
Hamma: - Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: - Ishimizda gar sezga nuqson,
Yuragida turar, to‘fon.
Tunlar bedor qiynaladi jon.
Hamma: - Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: - Ishi bilan dili birdir,
Do‘sti yorga shirish tildir.
To‘lqin ursa Amu-Sirdir,
Hamma: - Bu ustozlar, ustozlar!
Bola: - Mustaqillik xush zamona,
Xush zamonga u parvona
Yurtim, elim, deya yona,
Hamma: - Bu ustozlar, ustozlar!

“Bog‘cha apa, bo‘lmang xafa!” qo‘shig‘ini kuylaydilar. Gul va sharlar bilan “Bayramingiz muborak” raqsini ijro etadilar.


Boshlovchi: - Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga binoan 1997 yili 1 oktabrni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” – umumxalq bayrami deb, e’lon qilindi. Bolajonlar, ustoz deganda ko‘z oldingizda qanday insonlar namayon bo‘ladi?
Bola: - Bizlarga odob va axloqni o‘rgatuvchi opamiz.
Bola: - Bizlarga turli xildagi aqliy va milliy o‘yinlar o‘rgatuvchi opamiz.
Bola: - Ular bizlarga tinmay bilim beradilar, hisob-kitobni o‘rgatadilar.
Bola: - Ulug‘larni eslashni,
Hikmatlarni yodlashni,
Vatanni ehzozlashni,
Ham qo‘ynida yayrashni,
Bulbul bo‘lib sayrashni,
O‘rgatadi opamiz.
Boshlovchi: - Barakalla, juda to‘g‘ri topdingiz. Ustoz ana shunday ulug‘ zotdir. Bugun qalbimizdan ona kabi joy olgan ustozlar qancha shirin so‘zlar, she’rlar aytsak, shuncha kam.
Bola: - Assalom, aytamiz sizga azizlar!
M ing kalom aytamiz, sizga ustozlar.
Assalom, so‘ziday aziz bo‘lingiz,
Eng quvnoq, eng shodon inson bo‘lingiz.
Bola: - Butun bayram tantana,
Bayramingiz muborak.
Aziz ustoz, murabbiy,
Ayyomingiz muborak!
Bola: - Tongda turib, opajon,
Bizni deya shoshamiz.
Bizni ko‘rib uzoqdan,
Qaynoq quchoq ochamiz

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling