B ola: - O‘tkirlashdi zehnimiz,
Sizga oshdi mehrimiz.
To‘lib toshdi qalbimiz,
Baxtimizga sog‘ bo‘ling.
Bola: - Mehr suvi ichirdingiz,
Ishlarimiz tekshirdingiz.
Xato qilsak kechirdingiz,
Baxtimizga sog‘ bo‘ling.
Boshlovchi: - Aziz ustozlar, hamkasb do‘stlarim, siz bilan bizning oldimizda buyuk vazifa, ya’ni – kelajagi buyuk yurtning sog‘lom avlodlarini har tomonlama yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalash turgan ekan, ana shu sharafli vazifani bajarishda sizlarga sabr-toqat va omad tilab qolaman!
Bola: - Qanchalar baxt erur ushbu onlarda,
Ustoz atalmish zotlarga ta’zim.
Men shoir emasman, bitolmam bayot,
Lek faqat istagim tashakkur aytmoq,
Siz kabi buyuk zotlar nomiga.
Bola: - Ollohim yaratib, odamiy zotni,
T aqsimlab bermish vazifalarni.
Sizlarga yuklabdir buyuk vazifa.
Siz jajji go‘dakni azaldan yo‘llab,
O‘rgatar ekansiz odob-axloqni.
Bola: - Salom berib, aqil olishni,
Hurmat qilib, izzat ko‘rishni.
Bobo-yu, momolarga ta’zimda bo‘lib,
Urf-odatlarni saqlab qolishni,
Olamni asrashni, odam bo‘lishni,
Gulzor yaratib bog‘bon bo‘lishni.
Bola: - Barcha ezgulikni o‘rgatgan sizlar
Yana bir bora egib boshimiz
Sizlarga qilgumdir ta’zim va ta’zim,
Hamma: - Aziz, mehribon, munis, Ustozim!
Bolalar “Yurtim” qo‘shig‘ini kuylaydilar. (G.Quchfarova musiqasi)
Boshlovchi: - Mana shunday, ma’suliyatli kasb egalari bo‘lmish ustoz murabbiylar, jajji bolajonlarga bor mehrini berib, sabr-toqat bilan mehnat qilayotgan tarbiyachilar, butun xalqimizning har bir kuni bayram bo‘lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |