Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun


Bola: - Sizdan oldik ko‘p bilim, O ‘rgatdingiz tolmasdan. Onalarni sevishni, Unga ko‘mak berishni. Bola: -


Download 1.25 Mb.
bet5/6
Sana14.03.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1266724
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Navro\'z bayrami ssenariysi (Navro\'z bahor ba

Bola: - Sizdan oldik ko‘p bilim,
O ‘rgatdingiz tolmasdan.
Onalarni sevishni,
Unga ko‘mak berishni.
Bola: - Bu olamni asrashni,
Odam bo‘lib yashashni.
Bog‘da gulzor yarashib,
Bog‘bon bo‘lish o‘rgandik.
Bola: - Bog‘larimiz oralab,
Gullar terdik saralab.
Gullarning eng sarasin,
Sizga berdik dastlab.
“Qari navoo‘zbek halq kuyiga raqs ijro etadilar.
Boshlovchi: - Aziz bolajonlar, ustozlarning burch va vazifalari sizlarga ta’lim tarbiya berish bo‘lganidek, shogirdlarning ham O‘zbekiston ustozlari oldida burch va vazifalari bor. Qani, ana shu burch haqida kim aytadi?
Bola: - Ustozga itoatli bo‘lish, nasixatlariga rioya qilish.
Bola: - Ustozning dushmani bilan do‘st tutinmaslik.
Bola: - Ustozni qarindosh – urug‘larini hurmat qilish.
Bola: - Ustoz quvonchi va qayg‘usiga sherik bo‘lish.
Bola: - Ustoziga hamisha rost so‘zlash.
Bola: - Ustozini xafa qilmaslik, uning sirlarini saqlay bilish.
Bola: - Ustozi oldida xokisor bo‘lish.
Bola: - O‘zining yomon odatlarini tark etish.
Boshlovchi: - Barakalla, bolajonlar, javoblaringiz meni mamnun etdi. Men buvijonimdan eshitgan bir rivoyatni aytib beraman. (Rivoyat aytadi).
Boshlovchi: - Aziz ustozlarni ulug‘lovchi qanday maqollarni bilasiz?
Bola: - Ustoz – otangday ulug‘.
Bola: - Ustoz ko‘rmagan shogird
Olam sirini bilmaydi.
Bola: - Ustozlar aqli – donolar naqli.
Bola: - Ustoz oy – shogirdga berar chiroy.
Bola: - Ustoz quyosh – yoshlarga bo‘lar bosh.
Boshovchi: - Rahmat, juda yaxshi maqolalarni bilar ekansizlar. “Bog‘chamiz” ukraina xalq qo‘shig‘ini kuylaydilar.
Boshlovchi: - Ustozlarni ulug‘lovchi yana qanday she’rlarni bilasiz?
Bola: - Ustozlarim bor bo‘ling,
Burgut bo‘ling,sor bo‘ling.
Suyanuvchi tog‘ bo‘ling,
Baxtimizga sog‘ bo‘ling.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling