Maktabgacha ta’lim muassasalari uning binosi va yer maydoniga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Reja


Yoshlar gigienasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 61 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi61 Kb.
#1034161
1   2   3   4
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim muassasalarining binosi va yer maydoniga qo’yiladigan gigiyenik talablar

Yoshlar gigienasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Yoshlar gigienasi bir qancha fanlar bilan bog`langan holda rivojlanadi. Bular qotariga: fizika, ximiya, fiziologiya, psxologiya, pedagogika, jismoniy tarbiya, arxitektura, epidemiologiya va boshqa fanlar kiradi.
Gigiena fani o`z tajribalarini bajarishda fizika va ximiya fanlarining usullaridan keng foydalaniladi.
Buyuk rus fiziologi I. P. Pavlov talimotiga ko`ra odam organizmining hamma hujayra, to`qima, organ sistemalari bir-biri bilan chambarchas bog`langan holda hayot kechiradi va ish bajaradi. Bu bog`lanish markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Shuning uchun ham organizm o`zining hamma hujayra, to`qima va organlar sistemalari bilan bir butun deb hisoblanadi.
Gigiena fani fiziologiya faniga asoslangan holda yoshlar organizmining normal o`sishi, rivojlanishi uchun zarur bo`lgan eng qulay tashqi muhit sharoitini yaratish qoidalari, ulardan to`g`ri foydalanish usullarini ishlab chiqadi.
Gigiena fani pedagogika va psixologiya fanlarini yoshlar organizmini jismoniy hamda aqliy rivojlanish ma`lumotlari bilan qurollantiradi.
Gigiena fani yoshlar organizmi rivojlanishining turli davrlarida jismoniy ish bajarish qobiliyatlarini o`rgangan holda jismoniy tarbiya va sport ishlarini ilmiy asoslangan holda tashkil qilishga yordamlashadi.
Gigiena fani maktab yer uchastkasi, binosi, sinf xonalarining yorug`ligi, ularni jihozlashga bo`lgan qoida va talablarni ishlab chiqadi. Bu bilan arxitektura fanini rivojlanishiga hissa qushadi.


6. Yoshlar gigienasi va fiziologiyasi fanini fanning rivojlanishga ta`siri.
Qadim zamonlarda ham bolalarni to`g`ri parvarish qilish, ularni kasalliklardan saqlash bo`yicha bazi o`qimishli kishilar, tabiblar tomonidan maslahatlar berilgan. Gigiena fanining rivojlanishaga Rossiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan oldinroq etibor berilgan. Pyotr 1 tomonidan maktablarda vrach maslahati, alohida o`quvchilarni kun tartibi, ularni sog`lomlashtirish tadbirlari ishlab chiqilgan.
Rossiyada o`n sakkizinchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, I. I. Petskiy kabi olimlar yordamida gigiena fani rivojlana boshlaydi. Bu olimlar bolalarning normal o`sishi va rivojlanishi uchun jismoniy tarbiya mashg`ulotlari zarurligini targ`ibot qilishadi.
P. F. Lesgaft 1875 yilda Peterburgda birinchi marta jismoniy tarbiya kursini tashkil qiladi. U 1893 yilda biologik laboratoriyasini tashkil qiladi. 1871 yilda Peterburgda harbiy meditsina akademiyasida birinchi marta gigiena kafedrasi tashkil etiladi va unga A. P. Dobroslavin, 1884 yilda Moskva universitetida gigiena kafedrasi ochilib unga F. F. Erisman rahbarlik qiladi. Bu ikkala olim maktab gigienasi fanini asoschilari hisoblanadi.
1917 yil 20 dekabrda Maorif xalq komissariati qoshida «maktab» gigiena bo`limi tashkil qilinib, uning ishini V.M. Bond-Bruevich va N.A. Semashko boshqarishadi.
Keyinchalik Leningrad (hozirgi Sankt Peterburg), Moskva, Kiev, Rostov, Gorkiy, Novosibirskiy kabi katta shaharlarda yoshlar sog`lig`ini muhofaza qilish ilmiy tekshirish institutlari tashkil qilindi.



Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling