Maktabgacha ta’lim muassasalari uning binosi va yer maydoniga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Reja
Yoshlar muassasalari ustidan meditsina sanitariya nazorati
Download 61 Kb.
|
Maktabgacha ta’lim muassasalarining binosi va yer maydoniga qo’yiladigan gigiyenik talablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Sog`lom va kasal organizm haqida tushuncha.
7. Yoshlar muassasalari ustidan meditsina sanitariya nazorati.
Yoshlar muassasalarida yoshlarni normal o`sishi, sog`lig`ini saqlash, sog`lomlashtirishga qaratilgan tadbirlarni bajarilishi ustidan sog`liqni saqlash va maorif organlari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan meditsini-sanitariya nazorati o`rnatiladi. Yoshlar muassasalarida olib boriladigan sanitariya sog`lomlashtirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat. 1. Bolalar va yoshlarning sog`lig`i, jismoniy rivojlanishini vaqti-vaqti bilan meditsina ko`rigi o`tkazish yordamida aniqlash. 2. Yoshlar o`rtasida uchraydigan har xil kasalliklarni o`z vaqtida aniqlash va oldini olish, yuqumli kasalliklarga qarshi bolalar va yoshlarni emlash. 3. Jismoniy va mehnat tarbiyasi, ovqatlanish rejimi va ovqat sifati, kun tartibini tuzish va unga rioya qilish ustidan meditsina-sanitariya nazorati o`rnatish. 4. Yoshlar muassasalarida yoshlarni o`sish va rivojlanishi uchun zarur bo`lgan sanitariya gigiena tartiblarini yaratish va yoshlarda gigienik ko`nikmalarni tarbiyalash. 5. Tarbiyachilar, ota-onalar, jamoat vakillarini yoshlar o`rtasida olib boriladigan sanitariya sog`lomlashtirish ishlariga jalb etish, ular o`rtasida gigiena bilimlarini keng targ`ibot qilish. 8. Sog`lom va kasal organizm haqida tushuncha. Sog`lom organizm bu kishi organizmining shunday holatiki, yani uning barcha organlari va sistemalari tashqi muhit sharoitiga moslashgan holda normal ish bajaradi, kishi hech qanday kasallik belgilarini sezmaydi. Kasal organizm bu kishi organizmining shunday holatiki, u tashqi muhit sharoitini salgina o`zgarishiga ham moslasha olmaydi. Uning ish bajarish qobiliyati past bo`ladi yoki butunlay bo`lmaydi. Kasallikni qo`zg`atuvchi sabablar turlicha bo`ladi; fizikaviy, ximiyaviy, mexanik tasirotlar, viruslar, mikroblar va hokazo. Kasalliklar yuqumli va yuqmaydigan bo`ladi. Mikroblar, viruslar va boshqa mikroorganizmlarni inson organizmiga kirishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar yuqumli kasalliklar deyiladi. Davom etishiga qarab kasalliklar o`tkir va surunkali bo`ladi. O`tkir kasalliklar birdaniga boshlanadi va bir necha kun davom etadi. Surunkali kasalliklar esa uzoq vaqt yani bir necha oy, hattoki bir necha yil davom etadi. Ko`pgina surunkali kasalliklar o`tkir kasallikni vaqtida davolanmasligidan kelib chiqadi. Surunkali uzoq davom etadigan kasalliklar masalan, revmatizm, oshqozon-ichak, jigar va o`t yo`llari, buyrak kasalliklari organizm va tuqimalarda modda almashinuv protsessini bo`zadi, kamqonlikni keltirib chiqaradi, natijada jismoniy rivojlanish susayadi, bolaning ish qobiliyatiga salbiy tasir ko`rsatadi. Yuqumli kasalliklar sog` kishiga bemordan yuqadi. Yuqish yo`li har xil; havo, oziq-ovqat, suv, idish-tovoq, buyumlar orqali, bazi kasalliklar uy hayvonlari orqali yuqadi. Yoshlarni har turli gijjalar bilan zararlanishiga asosiy sabab shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslikdir. Sovuq iqlimli joylarda yashovchi kishilarda revmatizm, angina, buyrak, nafas organlarining shamollash kasalliklari ko`p uchraydi. Issiq iqlimli sharoitda oshqozon-ichak kasalliklari ko`proq uchraydi. Bolalar va o`smirlar yoshiga qarab kasalliklarning tarqalishi turlichadir. Bir yoshgacha bo`lgan bolalarda ko`proq tug`ma kasalliklar, o`pkaning shamollashi, oshqozon ichakning funktsional yoki noto`g`ri ovqatlanish natijasida yuzaga keladigan kasalliklar ko`proq uchraydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qizamiq, ko`kyo`tal, tepki, suvchechak, ich buruq, angina, o`pka shamollashi, gripp kasalliklari ko`proq uchrasa, maktab yoshidagi bolalar va o`smirlarda revmatizm, tuberkulyoz, shikastlanish, buyrak shamollashi, tosh kasalliklari, jigar va gijja kasalliklari bilan ko`proq og`riydilar. Ayniqsa surunkali uzoq davom etadigan kasalliklar, ya`ni, revmatizm, oshqozon-ichak, jigar va o`t yo`llari, buyrak kasalliklari organizm va to`qimalarda moddalar almashinuvi protsessini buzadi, kamqonlik kasalligini yuzaga keltiradi, natijada jismoniy rivojlanish susayadi, bolaning ish qobiliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bolalar va o`smirlar organizmining anatomik va fiziologik xususiyatiga ko`ra ba`zi kasalliklar yosh bolalarda, ba`zilari esa maktab yoshidagi kichik bolalarda yoki o`smirlarda uchraydi. Masalan bir yoshgacha bo`lgan bolalarda nafas organlarining shamollashi, ovqat hazm qilish organlari ishining buzilishi, 2-6 yoshdagi bolalarda qizamiq ko`k yo`tal, dizenteriya, suv chechak, gijja bilan zararlanish, nafas organlarining shamollashi, maktab yoshidagi bolalar va o`smirlar o`rtasida esa revmatizm, gripp, angina, buyrak kasalliklari ko`proq uchraydi. Download 61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling