Maktabgacha ta’lim muassasalarida harakatli o‘yinlarni tashkil etish


To‘pni irg‘itish va ilib olish o‘yinlari


Download 23 Kb.
bet3/4
Sana28.01.2023
Hajmi23 Kb.
#1135651
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola. Eraliyeva Zamira UZB

To‘pni irg‘itish va ilib olish o‘yinlari.
O‘yinning nomi: To‘p doirada.
O‘yinning mazmuni: Irg‘itish va ilib olish malakalarini oshirish.
O‘yin jihozlari: Koptok.
Bolalar polda doira bo‘lib o‘tiradilar va kapto‘kni bir-birlariga yumalatadilar.
Ko‘rsatmalar:Tarbiyachi doiradan tashqarida turib o‘yinni tuzatadi, to‘pni ikki qo‘llab itarish kerakligini tushuntiradi, buni qanday bajarish kerakligini ko‘rsatib beradi; bolalarga yordamlashib, agar to‘p doiradan chiqib ketsa, uni olib berib turadi.
Sakrab o‘ynaladigan o‘yinlar.
O‘yinning nomi: Mening quvnoq sho‘h koptokcham.
O‘yinning mazmuni: O‘yin orqali sakrash elementlarini o‘rgatish.
O‘yin jihozlari: Koptok.
Bolalar xonaning, maydonchaning bir tomoniga qo‘yilgan stollarda o‘tirishadi.Tarbiyachi ulardan sal nariroqda turib, koptok bilan mashq bajaradi. U agar koptokni qo‘l bilan urilgan tashqarida u koptok qanday yengil va baland uchishini ko‘rsatib beradi. Shu paytda u Zafar Diyorning quyidagi qo‘shig‘ini aytadi:
To‘pim to‘p-to‘p etasan,
Ursam uchib ketasan.
Hakkallanib nariga-
Do‘stlarimga yetasan.
Keyin u 2-3 bolani chaqirib, ularga koptok bilan birga irg‘ishlab sakrashni taklif qiladi. Tarbiyachi boyagi qo‘shiqni aytib, koptok bilan yana mashqni bajarib takrorlaydi. Sher-qo‘shiqni aytib bo‘lgandan so‘ng bolalarga qarab, “Xozir sizlarga yetib olaman!”, -deydi. Bolalar sakrashdan to‘xtab, bolalarni tutib olmoqchiga o‘xshab harakat qilayotgan tarbiyachidan nariroq qochib ketadilar.
Ko‘rsatmalar: O‘yinni takrorlash vaqtida tarbiyachi ko‘proq bolalarni chaqiradi. O‘yinni yakunlar ekan, tarbiyachi hamma bolalarga baravardan koptok bo‘lib sakrashni taklif qiladi. Bunda tarbiyachi tekstni bolalarni sakrash suratiga qarab (bu sur’at ancha tezdir) ancha tez o‘qiydi. Agar bolalar koptok bo‘lib sakrashni bilmasalar, ularga buning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berishi zarur.
Tevarak-atrofni bilishga oyid o‘yinlar.

Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling