Maktabgacha ta’lim muassasalarida harakatli o‘yinlarni tashkil etish
Download 23 Kb.
|
Maqola. Eraliyeva Zamira UZB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatmalar
- O‘yin jihozlari
Harakatli o‘yinlarning mazmuni.
Yurish va yugurish bilan bog‘liq o‘yinlar. O‘yinning nomi: Qo‘g‘irchoqlar huzuriga mehmonga. O‘yinning mazmuni: Bolalarning yurish malakalarini shakllantirishda davom etish. O‘yin jihozlari: qo‘g‘irchoqlar, stullar Xonadagi devorlardan biri bo‘ylab qo‘yilgan stullarga o‘tirishadi. Tarbiyachi ularning qo‘g‘irchoqlar huzuriga mehmonga borishlarini aytadi va qo‘g‘irchoqlar qayerda yasashini so‘raydi. Bolalar qo‘g‘irchoqlar burchagini ko‘rsatishadi. Shunda tarbiyachi bunday deydi: «Yuringlar, bolalar o‘ynab kelamiz, faqat yo‘lda hech qayoqqa kirmasdan to‘g‘ri qo‘g‘irchoqlar huzuriga boramiz». Bolalar o‘rinlaridan turib tarbiyachi bilan birgalikda qo‘g‘irchoqlarni ko‘rgani borishadi. Ular qo‘g‘irchoqlar bilan so‘rashib, gaplashadilar. Tarbiyachi: «Kech bo‘lib , uyga ketadigan vaqtimiz bo‘lib qoldi, endi sekin chiqib ketamiz», -degandan keyin bolalar o‘z joylariga qaytib boradilar. Ko‘rsatmalar: O‘yin boshlanishi oldidan bir nechta qo‘g‘irchoqlarni xonaning boshqa joyiga olib borib qo‘yish kerak. O‘yin takrorlangan vaqtda mana shu qo‘g‘irchoqlarni ko‘rgani boradilar. Emaklab o‘ynaladigan o‘yinlar. O‘yinning nomi: Shiqildoqqacha emaklab kel. O‘yinning mazmuni: Bolalarning emaklash malakalarini oshirish. O‘yin jihozlari: Shiqildoq, bayroqcha Bolalar honaningbir tomoniga qo‘yilgan stullarda o‘tirishadi. To‘rt metr nariga polga bayroqcha yoki shiqildoqlar qo‘yiladi. Tarbiyachi biron bolaning nomini aytib chaqiradi va unga shiqildoqqacha emaklab borishni, uni olib o‘rnidan turishni va shiqillatishni (yoki bayroqchani boshidan yuqori ko‘tarib xilpiratishni) taklif qiladi. Shiqildoqni polga, o‘z joyiga qo‘yib qaytib keladi.Bolalar topshiriqni navbat bilan bajaradilar. Ko‘rsatmalar: o‘yin-mashqda bir vaqtning o‘zida bir necha bola (3-5) yoki birdan hamma baravar ishtirok etishi mumkin. Unda bolalarning har biriga alohida-alohida o‘yinchoqlar topib qo‘yish kerak.Bunday topshiriqning tashkil etilishi bolalarda mo‘ljalga tezroq borib kelish istagini uyg‘otadi.O‘yin juda jonli o‘tadi.Biroq bunda harakat sifati ya’ni emaklash sifati ancha pasayib ketadi.Bola shoshilib, harakat uyg‘unligi qoidasini buzadi.Shuning uchun tarbiyachi bolalarning e’tiborini tezroq harakat qilishga atayin qaratmasligi kerak. Mashqda band bo‘lmagan bolalar mashq boshlanishi oldidan hammalari baravariga xo‘r bo‘lib: “1,2,3-emakla!” deb shodlanishadi. O‘yin tamom bo‘lganda esa quvonchdan chapak chalishadi.Shunday qilib o‘yinda butun gruppa faol qatnashadi. Download 23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling