Maktabgacha ta’lim muassasalarida harakatli o‘yinlarni tashkil etish


Download 23 Kb.
bet4/4
Sana28.01.2023
Hajmi23 Kb.
#1135651
1   2   3   4
Bog'liq
Maqola. Eraliyeva Zamira UZB

O‘yinning nomi: Tovush qayerdan kelyapti?
O‘yinning mazmuni: Bolalarni eshitish qobiliyatlarini rivojlantirish.
O‘yin jihozlari: Yashirinish uchun qulay maydon, qo‘ng‘iroqcha.
Bolalar xonaning bir tomoniga gruppa bo‘lib o‘tiradilar yoki tik turadilar. Tarbiyachi ularga devorga qarab turishni va o‘girilmaslikni taklif qiladi. Shu paytda enaga qo‘liga qo‘ng‘iroqcha olib xonaning boshqa tomonidagi shkaf orqasiga yashirinadi.Tarbiyachi bolalarga qong‘iroq qaerda jiringlayotganini topishni taklif qiladi.Bolalar tovush kelayodgan tomonga uni qidirib ketadilar. Topganlaridan keyin yana tarbiyachining oldiga qaytib keladilar. Enaga boshqa joyga yashirinadi.Oyin takrorlanadi.
Kro‘rsatmalar: Tarbiyachi enaga qayerga yashirinayotganini bolalar sezib qolmasliklari uchun ularni chalg‘itib turadi. U bolalarni o‘ziga yaqinroq kelishga chaqiradi. Qo‘ng‘iroqni avvaliga sekinroq, keyin qattiqroq jiringlatish kerak. O‘yin bir necha marta takrorlangandan keyin enaganing o‘rniga biron bolani qo‘yish mumkin.
Har xil harakatlar qilib va ashula aytib o‘ynaladigan o‘yinlar.
O‘yinning nomi: Poyezd.(T.Bobojon she’ri, N.Metlov musiqasi)
O‘yinning mazmuni:Bolalarni harakatchanlikka o‘rgatish.
O‘yin jihozlari: Stullar.
Bolalar biri ikkinchisining orqasiga qo‘yilgan stullarda o‘tiradilar. Tarbiyachi quyidagi qo‘shiqni aytadi:
Poyezdimiz chopar, taqa-tuq, taq-tuq.
Bu uchqur poyezdda borar bolalar.
Du-du-du, du-du-dut! Chopar porovoz,
Bizni uzoqlarga eltar parovoz.
Ko‘rindi bekat, poyezdni to‘xtat…
Qo‘shiq tamom bo‘lgandan so‘ng bolalar o‘rinlaridan turib vagondan chiqadilarva o‘ynaydilar. Shundan keyin tarbiyachi: “Tezroq poyezdga o‘tiring, yo‘limizda davom etamiz”-deydi. Bolalar o‘z joylariga kelib o‘tiradilar, tarbiyachi bilan birga gudok beradilar va poyezd yo‘lida davom etadi.
Ko‘rsatmalar: Tarbiyachi bolalarning ro‘parasida o‘tirishi va qo‘shiqni uncha baland bo‘lmagan tovushda aytishi kerak. Bolalar qo‘shiq so‘zlarini yaxshi aytishlari uchun har bir so‘z aniq va tushunarli talaffuz etilishi lozim. O‘yin takroriy o‘tkazilayotgan vaqtda bolalarga qo‘shiqni tarbiyachi bilan birga aytishni taklif qilish mumkin.
“Du-du, du-du-du-dut! Chopar paravoz” so‘zlari aytilganda bolalarga g‘ildirak aylanishini ifoda etib, qo‘llar bilan taqlidiy harakatlar qilib ko‘rsatish mumkin. Qo‘shiqning uchinchi bandidan so‘ng bolalar o‘ynagani, sayr qilgani poyezddan tushganlarida ularga gul va mevalar terishni taklif qilish mumkin. Yoki bo‘lmasa ular bilan koptok o‘ynash (irg‘itish, ilib olish, yumalatish), chambarak o‘ynash (chambarakni g‘ildiratish, orasidan engashib o‘tish, pir-pirak singari aylantirish mumkin. Bunday o‘yinlar uchun mumkin qadar kattaroq joyni bo‘shatib qo‘yishi kerak.
Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling