Maktabgacha ta’lim muassasasi, oila va maktab xamkorligi xaqida ma’lumot Reja


Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining axamiyati


Download 64.91 Kb.
bet7/10
Sana15.03.2023
Hajmi64.91 Kb.
#1271822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim muassasasi, oila va maktab xamkorligi xaqida ma’lumot

Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining axamiyati
Olti yoshli bolalarni maktab faoliyatidagi kun tartibi juda murakkab vazifa bo‘lib, ayrim ota-onalar bu mas’uliyatni ayniqsa bola xayoti va maktabgacha yoshdan o‘tish davrida muximligini xis kilmaydi.
Uqish davrini birinchi yili 1-sinf o‘quvchilariga katta talab qo‘yiladi. Bola mexnat tizimiga tayyorlanadi, unda yangi majburiyat va mas’uliyatlar paydo bo‘ladi. Unga belgilangandanda ko‘proq xarakatlanish to‘g‘ri keladi.
Oila tashkil kilib bergan barcha kun tartibi va maxsus shug‘ullanish xamda idrok etishga bog‘lik mashg‘ulot bolani maktabda o‘qishga yaxshi tayyorlash mumkin.
Bolalar uchun to‘g‘ri tashkil etilgan bir kunlik kun tartibini uni nafaqat bilimiga balki sog‘ligini mustaxkamlashga yordam beradi.
Kun tartibini birdaniga o‘zgarishi bola ruxiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ota-onalarga kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish uchun birinchi jadval yordam beradi.
Olti yoshli bolaning oiladagi taxminiy kun tartibi.( 1-jadval)

Tartibli laxzalar

Vaqti

Uyqudan turish, ertalabki badantarbiya, yuvinish.
Nonushta
Sayr
Mashg‘ulot
Sayr, o‘yin va ko‘ngil ochish toza xavoda
Tushlik va kundo‘zgi uyquga tayyorgarlik
Kundo‘zgi uyqu
Mashg‘ulot va
Sayr va toza xavodagi o‘yin
Tinch o‘yin
Kechki uyquga tayyorgarlik, yuvinish, tishini tozalash
Uyqu

8-00-8.45
8-45-9.15
9-15-10-00
10-00-11-00
11-00-12-45
12-45-13-00
13-00-15-00
15-00-16-30
16-30-18-00
18-00-20-00
20-00-20-30
20-30

Kun tartibi umumiy ko‘rsatkich asosida olinib: kundo‘zi va kechki uyqu, gigiyenik tayyorgarlik, yetarlicha toza xavodagi faol xarakatdan turli mashg‘ulotlarni olish bu navbatma navbat almashtirish va ovqat rasionidan iborat.Me’yoridagi uyqu vaqtida bola organizmi dam oladi uni ishchanlik qobiliyati tiklanadi.
Sog‘lom bolani xar kuni bir vaqtda uxlashga o‘rgatsak, tezda ko‘nikib, uxlab qoladi. Belgilangan vaqtga bolani uxlashga va uyg‘onishga odatlantirish juda muxim.
Uyqudan oldin asosan kechki uyqudan oldin bola tinch va xotirjam bo‘lishi kerak. Uyqudan oldin kattalar bolalarga kiyimlarini va oyoq-kiyimlarini saranjomlashga o‘rgatadilar. Keyin bolalar umumiy gigiyena qoidalarini amalga oshiradilar.Nafaqat gigiyena orqali emas, suv bilan chiniqish asab sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi.Bu xar kuni bir vaqtda amalga oshirilsa, bola tezda uyquga ketishiga yordam beradi.
Bola o‘rni ozoda, juda qattiq xam yumshoq xam bo‘lishi kerak emas.Shu kabi tovushlar, chiroq, radio ovozi, qattiq gaplashish bola uyqusiga xalaqit beradi.
Bola tez-tez shamollatib boriladigan xonada uxlashi zarur. Sovuq kunlarda xona xarorati +18 gradus bo‘lishi kerak. Kechki uyqu 11.5, 12 soatga cho‘zilishi mumkin.
Maktab yoshidagi bola xar kuni kamida 4 soat ochiq xavoda bo‘lishi shart. Ochiq xavoda bolani yurishi uni xayotiy jarayonlarini (moddalar almashinuvi, nafas va yurak qon-tomir sistemasiga)chiniqtirish faoliyatini kuchaytiradi.
Qishda sovuq xavoda bolalarni ochiq xavoda bo‘lishi kamaytiriladi, yozda esa bolalar ko‘proq kun davomida ochiq xavoda bo‘lishlari zarur.
Bolaning kuni ertalabki badan tarbiyadan boshlanishi kerak.Jismoniy mashq bolalarda kuch va qiziqish uyg‘otadi. Badan tarbiyadan keyin bolalarda chiniqish xolatlari: xo‘l sochiqqa artinish yoki sovuq suvda yuvinish olib boriladi. So‘ngra bola kiyinadi, tishini tozalaydi, yuvinadi. Sochini tartibga soladi. Shaxsiy gigiyena qoidalarini kuzatishda bolani sog‘ligini saqlashga e’tibor berishi щart. Ayni maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar murakkab bo‘lmagan yangi madaniy-gigiyenik bilimlarni juda tez o‘zlashtiradi.
Bolalarga gigiyenik yangi bilimlarni o‘rgatishda ota-onalar shaxsiy xulq-atvorlari, bolalarga namuna bo‘lishida katta axamiyatga ega. Bolada yuz va qo‘li uchun aloxida oyoq uchun sochig‘i, tish chyotkasi, va tish pastasi bo‘lishi shart. Tishlarni xar kuni ertalab va kechqurun tozalash kerak.
Bola xayotining 8-yilida kun tartibida ona tili mashg‘uloti, xisoblash, tasviriy faoliyat, loy ishi, qurish-yasash olib boriladi. Maktabdagi pedagog maslaxati ota-onalarga bolalari bilan o‘tadigan mashg‘ulotlar tarkibini aniqlashga yordam beradi. Bunday mashg‘ulotlar 1-sinf ishini o‘zlashtirishga tayyorlaydi.
Amaliyotda tekshirib ko‘rilgan va o‘zini yoqlagan quyidagi mashg‘ulotni o‘tish varianti va uning davomiyligi:
- Birinchi davr – 3 ta mashg‘ulot, 20 minutda , ular orasidagi 10 minutni tanaffus bilan.
- Ikkinchi davr – 3 ta mashg‘ulot 25 minutdan, ular orasidagi 10 minutli tanaffus.
Bu davrlarni 1,5-2 oyga o‘zaytirish mumkin. Olimlarni isbotlashicha, 6 yoshli bolalarda faol diqqati davomiyligi 15-20 minut mashg‘ulotidayoq bolalar charchaydi, ularning mexnat qobiliyati pasayadi va 10 minut o‘tmaguncha xam tiklanmaydi. Shuning uchun xam 2 ta mashg‘ulotni savodxonlik va xisobni ketma-ket berish maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi 2-mashg‘ulotni xarakatli o‘yinlar bilan o‘tkazish kerak. Sayrdan keyin tushlik va uyqu oralig‘ida yana bitta mashg‘ulot o‘tkazsa, 3 ta mashg‘ulotni sekin-astalik bilan o‘tkazish kerak.
Bola organizmi «ishga chiqishga» sekinlik bilan ta’mirlanadi. Bu davr 5-6 yoshli bolalarning 80% i da 2 dan 7 minutgacha o‘zayadi. O‘rtacha xisobda 5-6 minut. Keyin ishchanlik qobiliyati yuqori darajada tiklanadi. Bu qobiliyat o‘zgarishi sog‘lom bolalar uchun belgilangan. Bolalar charchaganida ishchanlik qobiliyati va diqqati tarqoq bo‘ladi. Odatda u tashqi ko‘rinishda, tez chalg‘ishida, xavotirli xarakatlarda seziladi. Kichik «jismoniy daqiqa» o‘tkazilishi bolalarni ishchanlik qobiliyati tiklanishiga imkoniyat yaratadi. Kerak bo‘lsa mashg‘ulot yana 10-15 minut o‘tkazilishi mumkin. Haftani o‘tishida bolani ishchanlik qobiliyati xarakterini o‘zgarishiga olib keladi. Seshanba kuni 6 yoshli bolalarda markaziy nerv sistemasi funksional darajasi yaxshi bo‘ladi va ishchanlik qobiliyati juda baland ko‘rsatkich bo‘ladi.
Chorshanbadan shanbagacha bolalarda qisqa mashg‘ulotlarda xam ishchanlik qobiliyati pasaya boshlaganini Kuzatishmumkin.Dushanba ertalabki vaqt ishchanlik qobiliyati past bo‘ladi. Bunday ishchanlik qobiliyati o‘zgarishini inobatga olgan xolda, bolalarga dushanda va shanba kuni tasviriy faoliyat, loy ishi, applikasiya, qurish-yasash mashg‘ulotlari o‘tiladi. Mashg‘ulotdan avval xona shamollatiladi. Kattalar bolalarni ish stolini joylashishi va o‘lchamlariga e’tibor berish kerak. Stolni oyna oldiga shunday joylashtirish kerakki, yorug‘lik chap tomondan tushsin, maktabgacha yoshdalilar uchun, maxsus o‘quvchilar uchun o‘zgaruvchan o‘zunlik va qiya qopqoqqa ega bo‘lgan stolcha-parta kerak bo‘ladi. Stol o‘zunligi va stul o‘lchamlari bola bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. O‘lcham olishda uni kiyimlari inobatga olinadi.

Download 64.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling