Reja: 1. Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyatining asosiy maqsadi. 2. Sahnalashtirishning bolalar rivojlanishiga ta’siri. 3. Ijtimoiy rivojlanish 5. Intellektual rivojlanish Sahna o’yini - Sahna o’yini-o’z-o’zidan yuzaga keladigan ijodiy faollik bo’lib, uning davomida bola dunyo haqidagi bilimlarini sinab ko’radi va kengaytiradi. Garchi dunyoning turli qismlarida va turli madaniyatlarda bolalar o’yinlarining muayyan detallari turlicha bo’lsa ham, lekin ularning mavzulari o’xshashdir. O’yin o’nar ekanlar, bolalar o’zlari hayotda ko’rgan joylarini va sahnalarini qayta yaratadilar, oila a’zolarining hatt-harakatlariga taqlid qiladilar, uchratgan turli kishilarning rolini o’ynaydilar. Ular o’zlaricha tushunarli bo’lgan olamni yoki ularning ongiga qo’rquv va vahimasoladigan dunyoni qayta yaratadilar.
- Juda yoshlik chog’laridan boshlab bolalar o’zlari eshitgan tovushlarga va ko’rgan hatti-harakatlarga taqlid qiladilar.”Jo’rttaga” qilinadigan harakatlardan zavq olganlari holda bolalar o’z hararkatlari va ovozlari bilan yangi vaziyatga munosabat bildiradilar- qisqa qilib aytganda, ular o’ynaydilar. Bu o’yin agar u qo’llab-quvvatlansa, sahnalashtirishga- san’at shakliga, faoliyatning ijtimoiylashtiruvchi turiga va voqealikni o’zlashtirish usuligacha rivojlanib boradi.
Ijodiy sahnalashtirish va o’yin - Xususan kichkintoy bolalar o’yini boshqalardan ajratib qo’yilishi yoki muayyan joy va vaqt bilan cheklanib qo’yilishi mumkin emas. Guruhda, uyda va jamoat joyidagi ijodiy sahnalashtirish va o’yin bolalarning o’zida mas’uliyat hisini tarbiyalashida, ya’ni bilimlarni singdirib olishida yordam beradi, bu hol ayniqsa guruhda yaqqol ko’zga tashlanadi.
- Sahnalshtirish-eng shaxsiy, individual va intim usullardan biri. Biroq ijodiy sahnalshtirish teatr tomoshasi emas. Unda rollarni yodlaydigan, tomoshabinlarga ta’sir ko’rsatish uchun aksessuarlardan va kostyumlardan foydalanadigan ijrochilar yo’q. Ijodiy sahnalashtirish bolalar o’zlari uchun tanish vaziyatlar va mavzularni to’satdan, o’z-o’zidan kashf etadilar, o’ynaydilar va talqin qiladilar. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar ko’proq bolaga qarash, avtomobil haydash, hayvonot bog’iga borish singari o’zlari hayotda duch kelgan voqealar bilan bog’liq real yoki tasavvur qilinadigan rollarga asoslangan vaziyatlarni o’ynaydilar. Sahna o’yinida bolalar o’z dunyolarni yaratadilar va real dunyoni bilib oladilar. Bu tasavvur qilinadigan dunyoda bolalar real hayotiy muammolarni hal etishga urinadilar. Ular o’z kechinmalarini takrorlaydilar, qayta o’ynaydilar va jonlantiradilar. Shu tariqa, sahna o’yini bolaning egosentrik jonzotdan boshqalar bilan o’zaro hamkorlik qilishga qobil bo’lgan shaxs darajasiga o’sib rivojlanishiga ko’mak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |