Maktabgacha ta’lim muassasasida saHnalashtirish faoliyati


Download 1.34 Mb.
bet3/4
Sana02.12.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1780713
1   2   3   4
Bog'liq
1-slayd

Ijtimoiy rivojlanish

  • Syujetli-rolli o’yin deyarli hamma vaqt bir nechta bolalarning ishtirok etishini taqozo qiladi va shu sababli u bola ijtimoiy rivojlanishning omili hisoblanadi. O’yin ko’p hollarda birgalikda rejalshtirish va kooperatsiya elementlariga ega bo’ladi: “Men oyi bo’laman, sen bolam bo’lasan, bo’ptimi?” yoki “Kelinglar do’konlarga boramiz, Bahodir ota bo’lishi mumkin”. O’yin ziddiyatlarni hal qilish amaliyotini ham ta’minlaydi: “ Men pat qadalgan shlyapani olishni xohlayman. Sen unga tegma”. Bolalar bahslashishlari, xafa bo’lishlari mumkin, ammo ular boshqalarning manfaati bilan hisoblashishga ko’nikadilar.
  • Ayni paytda ular tengdoshlari bilan shug’ullanish yoqimli va qiziqarli ekanligini tushuna boshlaydilar.

Hissiy rivojlanish

  • Bolalar o’yiniga hayot haqida o’zlari bilgan narsalarni: o’z bilimlari va xatolarini, istaklari va qo;rquvlari, ba’zan esa og’riqli xotiralrini olib kiradilar. Nutq imkoniyatlari cheklangan kichkintoylar, ko’p hollarda, o’yindan o’z dunyolarini idrok etish vositasi sifatida foydalanadilar.
  • O’yin bolalarning ijtimoiy rollar va o’zaro munosabatlar haqidagi tushunchalarni aks ettiradi. Masalan, bolalar oilaning qanday yashashi, kim ovqat pishirishi, kim kir yuvishi, kim ishga borishi, ota-onalarining qanday so’zlashishi- osoyishta muomla qilishlari yoki janjallashishlari, oila a’zolarining bir-birlari bilan muloqatlari ularga quvonch baxsh etish-etmasligini o’ztajribalaridan biladilar. Bundan tashqari bolalar turli kasbdagi kishilar, doktor yoki tibbiyot hamshirasi, sotuvchi yoki o’qituvchi va boshqalar haqida ham birmuncha bilimlarga ega bo’ladilar. Bolalar bu rollarni o’zlari ularni qanday tasavvur qilsalar shunday o’ynaydilar.
  • Rolli o’yinda bolalar kiyimlarini almashtirishlari va kim bo’lishni xohlasalar o’sha qiyofaga kirishlari mumkin. Bola hamma narsaga kuchi etadiganota ham yoki qo’rqinch tuyg’usini uyg’otadigan doktor ham bo’lishi mumkin. Qo’rqoq kuchli va botir ham bo’la oladi. Oilasida uka yoki singil tug’ilgan bola o’zi go’dak bo’lib o’ynashi mumkin. Bolalar odamlar va voqealarni faqat ular aslida qanday bo’lsa yoki qanday bo’lishini istasalar shunday tasvirlaydilar. Bu bilan ular o’zlarining istaklari, frustrasiyalari va qo’rquvlarini ifada etadilar. O’yin bolaga u hali so’z bilan tasvirlab bera olmaydigan salbiy tuyg’ularni ifada etish imkonini beradi. O’yinda bolalar hayotiy tajribani o’ynaydilar bunda ular rollar va voqealarni o’zlarining baxtli emotsionoal holatlarini saqlashga bo’lgan intilishlariga muvofiq ravishda tanlaydilar va tashkil etadilar. O’yin tufayli bolalarda o’zlarining kuchli va zaif tomonlarini, mayllari va antipatiyalrini, yetakchilik qilish, ishontirish yoki bo’ysunish qobiliyatlarini tushinish darajasi ortadi. Bularning hammasi o’z-o’zini anglashning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling