Maktabgacha ta'lim o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 204- guruh talabasi
Download 146.5 Kb.
|
Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti
5. O‘zbekiston-kurash Vatani.
Xalqimiz 1 sentyabrni mustaqillik kuni sifatida bayram qilsa, 6 sentyabrni o‘zbek kurashining xalqaro maydonga chiqqan kuni sifatida nishonlaydi. Ha, 1998 yil 6 sentyabr sanasi ham Vatanimiz tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan. O‘sha qutlug’ kunda AQSH, Boliviya, Buyuk Britaniya, Rassiya, O‘zbekison, Yaponiya kabi 28 davlat vakillari Toshkentda o‘tkazilgan ta‘sis konferensiyada Xalqaro kurash asatsatsiyasi muassasalari bo‘lishdi va shu munosabat bilan poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi sovrini uchun o‘zbek kurashi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa tashkil etildi. Shu tari qa milliy qadriyatlarimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan o‘zbek kurashi jahonga yuz tutdi. Kurashimiz bilan birga jahon maydonlarida “Kurash”, “To‘xta”, “Halol”, “Yonbosh” kabi so‘zlarimizning o‘zbekona lutfida jaranglay boshladi. Agar kurashchilardan biri moviy yaktakka, ikkinchisi yashil yaktakda, o‘rtadagi hakam oq ko‘ylakda ekanligini nazarda tutsak, hakam va kurashchilar kiyimlari ranglari timsolida ham O‘zbekistonimiz bayrog’i xalqaro maydonlarda muzaffar his qiladigan bo‘ladi. Milliy kurashimizning ildizlari baquvvat va ular ming-ming yillik tarix qatlaridan oziq oladi. Fikrimizni arxiologik topilmalar va tarixiy qo‘lyozmalar tasdiqlaydi. O‘zbekistonning janubiy hududlaridan tarixi davriga oid stilindirsimon sopol idishda ikki palvon va ulardan biri ikkinchisini chalib yiqitayotgani tasvirlagan. Shu davrga oid boshqa arxeologik topilmada va polvonlarning kurash usullarini nomoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyabr topilmalar eramizdan bir yarim ming yillar ilgari ham kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi bo‘lganidan dalolat beradi. Milodgacha yashagan Yunon-Rim tarixchilari kitoblarining O‘rta Osiyo xalqlari hayotiga bag’ishlangan boblarida kurash musobaqalariga oid qimmatli ma‘lumotlar uchraydi. Ahamiyatlisi, ko‘xna zaminimizdagi ayollar ham kurash bilan shug’ullangani qayd etilgan. Hususan II-III asrlarda yashagan Yunon yozuvchisi Klavdiy Yellionning yozishicha, shu hududda umr kechirgan Sak qabilasi qizlarni o‘zlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart qo‘yish yo‘li bilan aniqlashgan va bu shartga kurash musobaqasi bo‘lgan. Bunga o‘zbek xalq qahramoni dostoni Alpomishdagi Barchin shartlarini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Albatta, dunyoga dong’i ketgan buyuk ajdodlarimiz asarlarida kurashga keng o‘rin berilgan. Ulug’ tabib Abu Ali Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida shunday yozgan: “Kurashning turlari har biri o‘z raqibining belbog’idan ushlab o‘ziga tortadi, shu bilan birga o‘z raqibidan qutulishning chorasini ko‘radi......” Bu tarif zamonaviy kurash qadamlariga hamoxangdir. Shuningdek, Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atu turk”, Alisher Navoiyning “Hamsa”, “Majolis un-nafois”, “Holati pahlovon Mahmud”, Zayniddin Vosifiyning “Boboyi ul-Voqoy”, Xusayin Voiz Qoshifiyning “Rutuvvatnomai Sultoniy”, Zaxiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, asarlarida ham kurash va palvonlar haqida qimmatli ma‘lumotlar bor. Afsuski, bir asrdan ziyodroq etgan mustabid tuzim davrida milliy kurashimizni xalqimiz turmush tarzidan sun‘iy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. O‘zbekistonimizning mustaqillikka erishishi bu o‘rinishlarga uzil-kesil barham berdi. Faxirlanishi shundaki, mustaqilligimizning dastlabki kunidayoq milliy kurashimizning o‘z bo‘y-bastini ko‘rsatdi. “Sport gazetasining 1991 yil 17 sentyabr sanasida kurashchilar sulolasi vakili Komil Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan o‘zbek kurashining xalqaro andozolariga mos zamonaviy qoidalari ilk marta e‘lon qilindi”. Yurtboshimiz I.A.Karimovning milliy kurashimizni rivojlantirishga g’amho‘rlik ko‘rsatishi uchun sport turi sifatida taraqqiy topishga xalqaro maydonga chiqishiga zamin yaratdi. 1992 yildan boshlab yurtimizda O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun qator nufuzli xalqaro musobaqalar tashkil etildi. Bu musobaqalar kurashchimizning, polvonlarimizning qadrini rostladi., milliy sport tizimimizga jahon darvozalarini ochdi. Nihoyat, polvonlarni tarbiyalab kelayotgan xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Xalqaro kurash assatsatsiyalash faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 1 fevralda imzo chekkan “Xalqaro kurash assatsatsiyasini qo‘llab-quvvatlash to‘g’risida”gi farmoni o‘zbek kurashining yanada rivojlanishiga turtki bo‘ldi. O‘sha yili o‘zbek kurash bo‘yicha Toshkentda birinchi jahon chempioni Rossiyaning Brenyurtik shahrida ayollar o‘rtasida ilk musobaqa bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kurash assatsatsiyasi qoshida xalqaro kurash akademiyasi va butun jahon kurashini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi. Tadbir davomida ikki millionga yaqin kishi gilamga chiqdi. Turkiyaning Antaliya shahrida ikkinchi jahon chempioni muvoffaqiyatli o‘tdi unda ayollar ham chempionlik uchun kurash olib borishdi. Buyuk Britaniyada xalqaro kurash assatsatsiyasi faxriy Prezidenti I.A.Karimov nomidagi an‘anaviy xalqaro musobaqa asoslandi. 2001 yilda poytaxtimizda xalqaro kurash instituti ish boshladi. Hozirgi kunda xalqaro kurash assatsatsiyasi 74 ta davlatning kurash federattsiyalari a‘zo. Afrika, Yevropa, Okeaniya, Osiyo va boshqa konfederasiyalari faoliyat ko‘rsatadi. Xorijiy mamlakatlarda o‘zbek kurashi bilan shug’ullanuvchilar soni kun sayin oshib bormoqda. Bunga kurash bo‘yicha jahon qit‘a mamlakatlar birinchili va chempionatlari shuningdek, turli toifadagi xalqaro musobaqalar muntazam ravishda o‘tkazilayotgani sabab bo‘lyapti. Osiyo olimpiya kengashi 2003 yilda kurashni Osiyo o‘yinlariga dasturiga kiritdi. Yana 2006 yilda ....... bo‘ladigan Osiyo o‘yinlarida kurash musobaqalarida ham o‘tkazildi. To‘g’ri, o‘tgan shukuxli yillarda kurashning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish borasida katta ishlar qilindi. Lekin oldimizda bundanda o‘lkanroq vazifa turibdi. Bu kurashni olimpiya o‘yinlari dasturiga keritdi. Shu bois boshqalardan hayrli ishlardan sustkashlikka yo‘l qo‘yishiga erishgan muvofaqqiyatlarimizga mahliyo bo‘lib, xotirjamlikka berilishga haqqimiz yo‘q. Chunki biz kurashning yuksalishiga uning olimpia o‘yinlari dasturiga kirishi uchun mas‘uldir. Darhaqiqat bizni sport sohasida ham faraxbaxsh yo‘l kutmoqda. Buning uchun birinchi navbatta kurashni rivojlantirish borasidagi mavjud sur‘atni saqlab qolish bilan kifoyalanmasdan, uni yanada jadallatishimiz zarur. Kurashga oid ilmiy tadqiqot ishlarini rag’batlantirishimiz balki O‘zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya instituti qoshida kurash ilmiy muammolari lobaratoriyasi ochish lozim. Uchinchidan, kurash haqidagi hozirgacha ma‘lum bo‘lgan tarxiy ma‘lumotlar va kurash usullari, texnikasini alohida-alohidv kitob holida chop ettirish darkor. Kurashning hozirgi kundagi dunyo bo‘ylab shahdam qadamlarini aks ettiradigan rangli, bezakli kitobni nomerga tayyorlash maqsadga muvoffiqdir. Bu kurashning targ’ibotiga muhim rol o‘ynaydi. Kurash muzeyini ochish tadarrigini ko‘rishga fursat keldi. Bunday maskan, ayniqsa, yurtimizga tashrif bo‘yiradigan xorijlik kurash jonkuyarlarida unitilmas ta‘surot qoldirdi, va nihoyat, namunaviy kurash jarayoni yoki maydonini bunyod etish davr taqozosidir. Ahir kurash, talablarga javob beradigan kurash saroyi yoki maydonini birinchi navbatda o‘zimiz qurishimiz kerak bo‘ladi. Dzyudoning vatani-Yaponiya, taukvandoning vatani-Kareya, ushuning vatani-Xitoy, kurashning vatani-O‘zbekiston! Demak, kurashni rivojlantirishga bo‘lgan har qanday ish bizning zimmamizdagi sharafli vazifada sportchining yuqori vazifasi Olimpiya o‘yinlarida g’alaba qozonishdir. Millatning, xalqning sportdagi eng yaqqol g’alabasi o‘z sport turini Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritishdir. Ishonchim komil, hech bir xalqdan ham bo‘lmagan qat‘iyatli o‘zbek o‘z milliy kurashini olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritib, sportda shunday yuksak g’alabaga erishadi. Dunyoda qancha millat, elat bo‘lsa, barchasining o‘z kurashi bor. Har bir millat, har bir elat o‘z kurashining xalqaro maydonga chiqishini, dunyo ahli tomonidan e‘zozlashini istaydi. Jahondagi ko‘plab davlatlar o‘z milliy kurashining xalqaro miqyosida tan olishiga erishish uchun har yili million-million dollarlik mablag’ sarflashadi. Mana shunday raqobatda ming-ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek kurashining Vatanimiz mustaqilligi sharofati va Prezidentimiz Islom Karimovning izchil sa‘y harakatlari tufayli xalqaro maydonga chiqishi xalqimizning XX asr so‘ngida erishgan eng katta yutuqlaridan biridir. 1992 yil boshida Yurtboshimiz milliy kurash mutaxassislari bilan uchrashib, uni sport turi sifatida mamlakatimizda yanada rivojlantirish va xalqaro maydonga tezroq olib chiqish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berdi. Bu maslahatlar asosida kurashchilar sulolasi vakili Komil Yusupov o‘zbek kurashining qonun-qoidalarini jahon andozalariga mos keladigan qilib takomillashtirishdi. Ko‘p o‘tmay Shaxrisabzda o‘zbek kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag’ishlangan xalqaro musobaqa tashkil etildi. Zo‘r muvaffaqiyat bilan uyushtirilgan ushbu musobaqa kurash jonkuyarlarini, butun xalqimizni ruhlattirib yubordi va polvon elimizni yuksak maqsadlar sari ilhomlantirdi. 1993 yilda Termiz va Buxoroda, 1996 yilda Andijonda O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun ana shunday xalqaro musobaqalar o‘tkazildi. Ularga dzyudo kurashining baobro‘ rahbarlari ham taklif etildi. Chunki biz o‘zbek kurashining go‘zalligini aynan dzyudo mutaxassislari tezroq ilg’ab olishiga ishonardik. Shuningdek, dzyudo bo‘yicha uyushtirilgan qit‘a va jahon chempeonatlarida, shu tur mutaxassislari anjumanlarida qatnashchilarga o‘zbek kurashi to‘g’risida filmlar ko‘rsatildi. Dzyudo mutasaddilari o‘zbek kurashining jozibasidan biz kutgandan ortiq hayratga tushishdi va hayrli ishimizga kamarbasta bo‘lishdi. Olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari sport-internat maktablar va olimpiya o‘rinbosarlari sport maktablari negizida vujudga keldi. Ular hozirgi kunda deyarli barcha viloyatlarning markazida tarkib topmoqda, va kollej shaklida faoliyat ko‘rsatmoqdi. Ular eng avvalo xalq ta‘limi vazirligi tizimida shakllanadi va rivojlanadi. Shu sababdan ularning o‘quv rejalari va fanlar sport turlari bo‘yicha dasturlari xalq ta‘limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, hamda tasdiqlanadi. Respublikada olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik va ular bilan bevosita boғliq bo‘lgan masalalarda olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari faoliyatiga har tomonlama yordam berish maqsadida Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi. O‘zbekiston milliy olimpiya qumitasi va sport uyushmalari hamkorlik qilmoqda. Bilim yurtlarining o‘quv rejasida davlat ta‘lim standartlari asosida umumiy va maxsus ta‘lim dasturidagi barcha siyosiy, gumanitar, tibbiy va maxsus fanlar o‘qitiladi. Mavjud bo‘lgan guruh sinflar va bo‘limlarda olimpiya o‘yinlari sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan nazariya hamda amaliy fanlar o‘rgatiladi. O‘quv rejalarida belgilangan barcha fanlar va sport turlarining asosiy mohiyati yetuk va mahoratli sportchilar hamda mutaxassis xodimlar tayyorlashdan iborat. Avvalgi bo‘limlarda qayd etilgandek, rahbarlik ishlari bilim yurti direktori, uning o‘quv, sport, ma‘naviyat va ma‘rifat, xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda sport turlari bo‘yicha bo‘lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Bilim yurtida pedagogik va murabbiy kengashi barcha faoyaliyatlarni muhokama qilib, zarur qarorlarni qabul qiladi. Ta‘lim tarbiya jarayonlari hamda sport tayyorgarligi bilim yurtida eng ustuvor faoliyati hisoblanadi. Bu sohalarda Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq va Qashqadaryo viloyati shaharlaridagi bilim yurtlarining ish faoliyati va erishgan tajribalarini talabalar mustaqil ravishda o‘rganishga harakat qilishlari lozim. Barcha toifalarda bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, asosan, sport mashғulotlarini o‘tkazish va sport turlari bo‘yicha maxsus musobaqalar tashkil qilinib borilsada, ularning ish faoliyatida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish ham alohida o‘ringa ega. Ayniqsa, sport o‘yinlari, yengil atletika va boshqa ba‘zi sport turlari ommaviylik mazmuniga egadir. Shu sababdan bu turlari bo‘yicha musobaqalar uyushtirilganda, boshqa sport maktablari va umumta‘lim maktab o‘quvchilarining sport jamoalari ham ishtirok etish mumkin. Ommaviy sport tadbirlarining asosiy shakllari tuman, shahar, viloyat va Respublika birinchiliklari spartakiadalari, o‘rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi. Bunday musobaqalarning zamirida sportchilarning tayyorgarligi egallangan mahoratlar sinov hamda yirik sport musobaqalari xalqaro uchrashuvlar markaziy Osiyo, Osiyo va Jahon cheppionatlariga terma jamoa tayyorlash ko‘rigi bo‘lib xizmat qiladi. Ommaviy sport tadbirlarining yana bir shakli va maqsadi shundaki, qaysi sport turi bilan shuғullanishlaridan qat‘iy nazar, o‘z jamoalarida tashkil etilgan kross, futbol musobaqalari hamda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini bajarish uchun tashkil qilinadigan ommaviy musobaqalarda ishtirok etish shartdir. Bundan asosiy mahsad, shuni, sportchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasini muntazam oshirib borishdir. Shu sababdan sport maktablarining kalendar rejalariga ommaviy sport musobaqalarini kiritish va ularni amalda o‘tkazishda maqsadga muvofiqdir. O‘quvchi yoshlar, ayniqsa yosh sportchilarni har tomonlama tarbiyalash ishlari ancha murakkab va o‘z navbatida o‘ta mas‘uliyatli faoliyatdir. Murabbiylar oddiy havaskorni eng mohir va Respublika musobaqalarida qatnashuvchi sportchi darajasiga yetkazadi. Ularning qaysi birlari xalqaro sport musobaqalari va jahon birinchiliklarida sovrindor bo‘lishga erishadilar. Bunday sportchilarni tarbiyalash yetkazgan murabbiylar diqqat-e‘tibordan chetda qolmaydi. Ularning murabbiylik toifalari oshiriladi, moddiy raғbatlantiriladi. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy unvonlari hamda xukumatning orden va medallar bilan taqdirlanadilar”. Ma‘lumki, sport maktablarida uslubchi (metodist) va boshqa xodimlar lavozimi mavjud. Sport internat-maktablari, olimpiya zahiralari kollejlari va shu sohadagi bilim yurtlarida o‘quvchi-sportchilarning yotoqxonlari, ta‘lim-tarbiya joylari, oshxona va texnik xizmat joylarida tarbiyachilar mutaxassis xodimlar ham faoliyat ko‘rsatishadi. Ularning yaxshi mehnatlari evaziga Nizomga ko‘ra moddiy va ma‘naviy raғbatlantirish amalga oshirib boriladi. Sport maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlarida shuғullanuvchilar orasida sport ko‘rsatkichlari, yuqori-axloq-odob jihatidan namunali bolalar ko‘p bo‘ladi. Ularni raғbatlantirish, Navruz “Mustaqillik kuni” bayramlari, jismoniy tarbichilar kuni (kasb, bayrami), yozgi sport mavsumi boshlanishiga, an‘anaviy sport musobaqalari va boshqa tadbirlarida amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar faxriy yorliqlar, diplomlar, qimmatbaho buyumlar bilan taqdirlanadilar. Respublika yoki xalqaro sport musobaqalarining ғoliblarini tanlash yiғilishga belgilangan mukofatlar bilan sharaflaydilar va olqishlaydilar. Sport trenirovkasi pedagogik hodisa bo‘lib mashq qilish metodlari sistemasi yordamida bevosita yuqori sport natijalariga erishishiga qaratilgan jismoniy tarbiyaning ixtisoslashgan jarayondir. Shuni ta‘kidlash muhimki, sport pedagogika nuqtai nazaridan birdan-bir maqsad bo‘lmasdan, balki tarbiyalash, soғlomlashtirish va hayotga tayyorlashning vositasidir. Sport mashғulotining maqsadi ruhiy tetiklik va axloqiy poklik bilan garmonik munosabatda yuqori jismoniy takomillikka erishishdan iborat. Sport mashғulotining vazifalari: -soғlikni mustahkamlash va axloqiy kodeks talablari ruhida shaxslarni har tomonlama garmonik rivojlantirish. Sport texnikasi va taktikasini egallash; Tanlangan sport turiga xos jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish sport gigienasi va o‘z-o‘zini nazorat qilish sohasida amaliy va nazariy bilimlarini egallash. Barcha sportchilar bu vazifalarni qat‘iy bajarishlari lozim. Sport mashғuloti davomida faqat sport mahoratigina egallanmasdan, soғliq mustahkamlanadi, jismoniy sifatlar rivojlanadi. Mehnat va vatan himoyasi uchun zarur bo‘lgan malakalar o‘zlashtiriladi. Bu vazifalar yuqori malakali sportchilar tayyorlanishning butun davri maboynida hol qilinadi. Vazifalarni hal etish doimo planlashtirish, nazorat qilinishi va baholanish zarur. Sport trenirovkasi vositalari bilan yuqori natijalarga erishish uchun jismoniy tarbiyaning barcha vositalari: Jismoniy mashqlar, gigienik omillar va tabiatning soғlomlashtiruvchi kuchlari, shuningdek mashғulotlar davomida vositalarning keng ishlab chiqilgan tizimi qo‘llaniladi. Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling