Dagi axamiyati
Download 19.26 Kb.
|
arpa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
UDK: 633.161-633.162 ARPA O‘SIMLIGINING BIOEKOLOGIYASI VA XALQ XOʻJALIGIDAGI AXAMIYATI Isaqov Tohirjon Tursunboy o‘g‘li Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti “Dorivor va ziravor o‘simliklar” kafedrasi assistenti Аннотации. Arpa qadimdan bug‘doy bilan birgalikda yerda o‘stirilgan o‘simlik, uning donlari 10 ming yil oldin ham bo‘lgan. U hamma yerlarda sovuq mintaqalardan, cho‘l, yarim sahro, tog‘li rayonlarda masalan Tibet, Pomir, Kavkazda o‘stiriladi. Tarkibida antibiotiklar, vitaminlar, oqsillar, mikroelementlar, mineral tuzlar, fermentlar, aminokislotalar mavjud. Bulardan ahamiyatlisi antibiotiklar va vitaminlarning ko‘pchiligi uchraydi. Ключевые слова: arpa, hordeum, hosil, ildiz, boshoq, kenja tur, poya, poaceae, oqsil, ekin, namlik, aminokislotalar. Arpa (Hordeum) o'simligi gʻalladoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumiga kiradi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda arpa Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi 12– 10-ming yillikdan ekib kelinadi. Vatani Old Osiyo xisoblanadi. Ekma arpa (N. sativum) jahondagi koʻpgina mamlakatlarda yetishtiriladi. Biologik xususiyatlariga koʻra, arpa bahori va kuzgi turlarga boʻlinadi. Arpa ildiz toʻplami popuksimon: asosiy ildiz haydalma qatlamda rivojlanadi. Poyasi poxolpoya, 4 – 6 ta boʻgʻimli, boʻyi 30 – 35 sm dan 130 – 134 sm gacha yetadi. Arpa bargi barg plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan iborat, boshqa gʻalla oʻsimliklarining bargidan koʻra kengroq. Toʻpguli boshoq. Mevasi pardali yoki yalangʻoch don, rangi sargʻish, och jigarrang va och kulrang ko’rinishda bo’ladi. 1000 ta doni vazni o’rtacha 20 – 60 g. Bahori arpaning vegetatsiya davri 55–110 sutka, kuzgisiniki 180 – 210 sutka (nav xususiyatlari va ekiladigan hududga qarab) xisoblanadi. Arpa eng tezpishar don o’simlikdir. Arpa oʻzidan changlanuvchi oʻsimlik, guli yopiq bo’ladi. Maysalari 4 – 5°C da unib chiqadi, oʻsib rivojlanib borishi uchun qulay harorat 22°C tashkil etadi. Arpa issiqqa chidamli oʻsimlik, havo quruqligini yaxshi koʻradi. Lalmi dehqonchilik mintaqasida bahorgi, sugʻoriladigan yerlarda kuzgi-qishki va koʻklamgi namdan yaxshi baxra oladigan yuqori hosil beradigan kuzgi arpa yetishtiriladi. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan oldin may oyining oxiri – iyun oyida pishib yetiladi. Sugʻoriladigan maydonlarda har gektaridan 50 sentnergacha hosil beradi. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda Qarshi, Zafar, Siklon navlari, lalmi yerlarda Baysheshek, Unumli arpa, Nutans va boshqa navlari ekiladi. Urugʻlari 4 – 5 sm chuqurga qadaladi, ekish me’yori arpaning faqat oʻzi ekilganda 100 – 120 kg/ga, vika bilan birga ekilganda 50 – 70 va 40 – 50 kg/ga sarflanadi. Arpa oʻgʻitlarga talabchan xisoblanadi. Vegetatsiya davomida gektariga 30 – 45 kg N (azot), 45 – 60 kg R2O5 (fosfor), 60 kg K,O (kaliy) solish tavsiya etiladi. Xalq xoʻjaligida arpadan xilma-xil maqsadlarda (oziq-ovqat, yem, pivo sanoati uchun xom ashyo) foydalaniladi. Donida 13% suv, 2% oqsil, 64,6% uglevodlar, 5,5% klechatka, 2,1% yogʻ, 2,8% kul moddasi bor. 1 kg arpa doni 1,2 ozuqa birligiga teng. Qadim Rimda gladiatorlar arpa bo’tqasini yeganda ularga kuch va chidamlilik bergan. Pifagor va uning matematik maktabdagi o’quvchilari arpa diyetasini tutganlar, ular aytishicha bu donli o’simlik aql va bardamlik berar ekan. Keyinchalik kimyoviy tarkibi aniqlangan, foydaliligiga sabab unda ozuqa to’qimalari, vitaminlar, makro va mikroelementlar bo’lishi ekan. Arpada murakkab uglevodlar ko’p (73,7%). Ibn Sino fikriga qaraganda, arpa yormasi organizmni tozalaydi, ko’krak og’rig’iga davo bo’ladi. Ayniqsa u emizikli ayollar sutini ko’paytirish uchun arpaga kashnich urug’larini qo’shib istemol qilishni tavsiya etadi. Arpa kepagini damlab ichilsa, peshob ko’payadi. Undirib, yanchilgan arpa unidan 2 osh qoshiq olib ustiga 1 litr suv quyiladi-da, aralashtirib, 4 soat qo’yib qo’yiladi , keyin suzib olinadi va tamiga qarab shakar qo’shib yarim stakandan kuniga 4-6 maxal ichiladi . Agar ozishni istaganlar bo’lsa arpa yormasi foydali xisoblanadi. Uning kaloriyasi – 324 kkal. 100 gr maxsulotda oqsil – 9,3 gr, yog’lar – 1,1 gr, uglevodlar – 73,7 gr. Vitamin A ( betta karotin) –13 mkg, vitamin B1 (tiamin) – 0,91 mg, vitamin B2 (riboflavin) – 0,114 mg, niasin (vitamin B3 yoki PP) – 4,604 mg, vitamin B5 (pantoten kislota) – 0,282 mg, vitamin B6 (piridoksin) – 0,26 mg, foliy kislotasi (vitamin B9) – 23 mkg, vitamin E (tokoferol) – 0,02 mg, vitamin K (filloxionon) – 2,2 mkg, xolin (vitamin B4) -37,8 mg. Makroelementlardan: K-280 mg, Ca-29 mg, Mg-79 mg, Na- 9 mg, P-221 mg; mikroelementlardan: Fe-2,5 mg, Mn-1,322 mg, Cu-420 mg, Zn-2,13 mg, Se-37,7 mg. Bundan tashqari Mo, Ni, Co, Sr, Cr, Xr, B va yod mavjudligi aniqlangan. Arpa doni ustida bir necha sifat reaksiyalar o’tkazildi. Don tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash natijasida namlik miqdori 10% ekanligi, kul miqdori esa 1.4% ekanligi aniqlandi. Kraxmal uchun miqdor va sifat reaksiyalari o’tkazilishi natijasida don tarkibida 53.5% kraxmal mavjud ekanligi xamda sifat reaksiyasi natijasida xaqiqatdan xam kraxmal mavjudligi aniqlandi. Bundan tashqari kraxmalning bosqichli gidrolizi xamda kraxmaldan dekstrin xosil qilishda reaksiyalar o’tkazildi va buning natijasida kraxmaldan dekstrin xamda bosqichli gidrolizi natijasida glyukoza xosil bo’lganligi tekshirildi. Oqsillarga qo’rg’oshin atsetat yordamida sifat reaksiya natijasida, xamda flavanoidlarga sianidin reaksiyasi yordamida ko’zlangan natijalarga erishildi. Download 19.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling