Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining mavzusi, uslubiyati va barkamol insonni
Download 75.5 Kb.
|
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining mavzusi, uslubiyati va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim pedagogikasi uning maqsadi va vazifasi metodologik asosi, tushunchalari va ilmiy tadqiqot metodlari.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining mavzusi, uslubiyati va barkamol insonni tarbiyalashdagi о‘rni Reja: 1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining mavzusi va baxsi. 2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqadi va vazifasi 3. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari. 4.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi faniiing yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi о‘rni Maktabgacha ta’lim pedagogikasi uning maqsadi va vazifasi metodologik asosi, tushunchalari va ilmiy tadqiqot metodlari. Inson tarbiyasi insonning о‘zp kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bulib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga о‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yullari, qonun - qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonniig ma’rifatliligi va ma’naviy komilligiga erishishi ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi. Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir shaxsni hamma yosh davrlarida uygun rivojlantirish qonuniyatlari tо‘grisidagi fandir. Shu bois, podagogika fani insonni har tomonllma tarbiyalash haqidagi fan bulib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yо‘lida xizmat qiladi. Maktabgacha perdagogika esa bola tugilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlariii о‘rganadi va bog‘cha sharoitida talim - tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi. Inson tarbiyasiga oid qonunlar dastlab xalk ogzaki ijodida: ertak, qissa pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan. Ta’lim - tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G‘arbniig qomusiy olim va pedagoglarining о‘rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar о‘zlarining qator asarlarida ta’lim - tarbiyaga katta e’tibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy о‘zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali iisonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi. Abdulla Avloniy esa, tarbiya haqida g‘oyat ibratli fikrlarii bildiradi. "Pedagogika, - Abdulla Avloniyning yozishicha, - bola tarbiyasining fani, demakdir". «Dars ila tarbiya, ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi - biluvchi, tarbiya oluvchi - amal kiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lо‘nda ta’rif berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga о‘xshatib, ularni bir - biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha. tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur, Bolaga avvalo kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shugullanadi, chunki bunda , inson taqdiri hal etiladi deydi. Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his - tuygulari shakllanadi. Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bо‘lgan va ijtimoiy munoabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil buladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularniig har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bulib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bо‘ladi. "Maktabgacha ta’lim pedagogikasi" fani, "Podagogika" fanining bir qismi bо‘lib, о‘zining nazariy, ilmiy va amaliy asoslariga ega. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari, yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim - tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, Urta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim - tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining milliy asoslari: ta’lim - tarbiya muammolarini, muayyan millatning milliy qadriyatlarini umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boglagan hodda hal etish, har bir millatnint ma’naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini milliylashtirishdan iborat. Download 75.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling